QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят70

يَـٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ لِمَ تَكْفُرُونَ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ وَأَنتُمْ تَشْهَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, ahli kitoblar, nimaga o`zingiz guvoh bo`lib turib, Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?!Эй, аҳли китоблар, нимага ўзингиз гувоҳ бўлиб туриб, Аллоҳнинг оятларига куфр келтирасизлар?!Alauddin Mansour: Ey ahli kitob, nima uchun oʻzlaringiz guvoh boʻlib turib, Allohning (Tavrotdagi Muhammadning haq paygʻambar ekanligi haqidagi) oyatlarini inkor qilasiz?!Эй аҳли китоб, нима учун ўзларингиз гувоҳ бўлиб туриб, Аллоҳнинг (Тавротдаги Муҳаммаднинг ҳақ пайғамбар эканлиги ҳақидаги) оятларини инкор қиласиз?!

58-sahifa · 3-juz · 6-hizb58-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَهْلَey ahliэй аҳлиٱلْكِتَـٰبِkitoblarкитобларلِمَnimagaнимагаتَكْفُرُونَkufr keltirasizкуфр келтирасизبِـَٔايَـٰتِoyatlarigaоятларигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَأَنتُمْholbuki, sizҳолбуки, сизتَشْهَدُونَguvoh boʻlib turibsizгувоҳ бўлиб турибсиз
TafsirТафсир

Ahli kitoblar Islomning haqligini biladilar. Bu ularning ilohiy kitoblarida sobit boʻlgan. Ilohiy kitobdan xabari yoʻqlari tajriba, oʻrganish orqali ham Islomning haqligiga iqror boʻldilar va boʻlmoqdalar. Lekin ular havoi nafslariga uchib, kufr keltiradilar. Koʻrib-bilib turib, Islomdek haq narsani botilga aralashtiradilar va shu bilan Islomning haqiqatini berkitmoqchi, yoʻqotib yubormoqchi boʻladilar. Bu xiyonatkorona ishni yahudiylar oyati karimalar tushayotgan vaqtdayoq boshlashgan, keyinroq ularga nasorolar ham qoʻshilishgan va hozirgacha bu buzgʻunchilikda davom etmoqdalar. Uzoq muddat mobaynida Alloh taoloning Oʻzi saqlagani uchun Qurʼonga oʻz botillarini qoʻsha olmadilar, lekin boshqa hamma narsaga qoʻshdilar va qoʻshmoqdalar.

Ular bu gʻaraz ila Islom tarixi, hadis, Qurʼon tafsiri, kishilar siyrati kabi ilmlarga hiyla-nayrang orqali turli botillarni qoʻshib keldilar. Koʻpincha sirtdan musulmon boʻlib oladilar, musulmonlarning ishonchini qozonadilar, soʻngra haq Islomga oʻz botillarini qoʻshadilar. Hozirgi kunda ham turli ilmiy nomlar bilan oʻsha qadim ishlarini qilmoqdalar. Alloh taolo mehribon, doimo ularning bu kirdikorlarini fosh etib, botillarini ajratib-chiqarib turadigan ulamolarni musulmon ummatiga berib turadi.

Kelasi oyatlarda ahli kitoblarning Islomga, musulmonlarga qarshi yana bir makr-hiylalari zikr etiladi: