QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят71

يَـٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ لِمَ تَلْبِسُونَ ٱلْحَقَّ بِٱلْبَـٰطِلِ وَتَكْتُمُونَ ٱلْحَقَّ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, ahli kitoblar, nimaga haqni botilga aralashtirasizlar va bilib turib haqni yashirasizlar?!Эй, аҳли китоблар, нимага ҳақни ботилга аралаштирасизлар ва билиб туриб ҳақни яширасизлар?!Alauddin Mansour: Ey ahli kitob, nima uchun oʻzingiz bilgan holingizda haqni botilga aralashtirasiz va haqni berkitasiz?!Эй аҳли китоб, нима учун ўзингиз билган ҳолингизда ҳақни ботилга аралаштирасиз ва ҳақни беркитасиз?!

59-sahifa · 3-juz · 6-hizb59-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَهْلَey ahliэй аҳлиٱلْكِتَـٰبِkitoblarкитобларلِمَnimagaнимагаتَلْبِسُونَaralashtirasizlarаралаштирасизларٱلْحَقَّhaqniҳақниبِٱلْبَـٰطِلِbotilgaботилгаوَتَكْتُمُونَva yashirasizlarва яширасизларٱلْحَقَّhaqniҳақниوَأَنتُمْholbuki, sizҳолбуки, сизتَعْلَمُونَbilasizбиласиз
TafsirТафсир

Ahli kitoblar Islomning haqligini biladilar. Bu ularning ilohiy kitoblarida sobit boʻlgan. Ilohiy kitobdan xabari yoʻqlari tajriba, oʻrganish orqali ham Islomning haqligiga iqror boʻldilar va boʻlmoqdalar. Lekin ular havoi nafslariga uchib, kufr keltiradilar. Koʻrib-bilib turib, Islomdek haq narsani botilga aralashtiradilar va shu bilan Islomning haqiqatini berkitmoqchi, yoʻqotib yubormoqchi boʻladilar. Bu xiyonatkorona ishni yahudiylar oyati karimalar tushayotgan vaqtdayoq boshlashgan, keyinroq ularga nasorolar ham qoʻshilishgan va hozirgacha bu buzgʻunchilikda davom etmoqdalar. Uzoq muddat mobaynida Alloh taoloning Oʻzi saqlagani uchun Qurʼonga oʻz botillarini qoʻsha olmadilar, lekin boshqa hamma narsaga qoʻshdilar va qoʻshmoqdalar.

Ular bu gʻaraz ila Islom tarixi, hadis, Qurʼon tafsiri, kishilar siyrati kabi ilmlarga hiyla-nayrang orqali turli botillarni qoʻshib keldilar. Koʻpincha sirtdan musulmon boʻlib oladilar, musulmonlarning ishonchini qozonadilar, soʻngra haq Islomga oʻz botillarini qoʻshadilar. Hozirgi kunda ham turli ilmiy nomlar bilan oʻsha qadim ishlarini qilmoqdalar. Alloh taolo mehribon, doimo ularning bu kirdikorlarini fosh etib, botillarini ajratib-chiqarib turadigan ulamolarni musulmon ummatiga berib turadi.

Kelasi oyatlarda ahli kitoblarning Islomga, musulmonlarga qarshi yana bir makr-hiylalari zikr etiladi: