QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят72

وَقَالَت طَّآئِفَةٌ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ ءَامِنُوا۟ بِٱلَّذِىٓ أُنزِلَ عَلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَجْهَ ٱلنَّهَارِ وَٱكْفُرُوٓا۟ ءَاخِرَهُۥ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahli kitoblardan bir toifalari: «Iymon keltirganlarga tushgan narsaga kunning avvalida iymon keltiringlar va kunning oxirida kufr keltiringlar, shoyadki, qaytsalar.Аҳли китоблардан бир тоифалари: «Иймон келтирганларга тушган нарсага куннинг аввалида иймон келтиринглар ва куннинг охирида куфр келтиринглар, шоядки, қайтсалар.Alauddin Mansour: Ahli kitobdan bir toifasi bir-birlariga shunday deyishdi: «Moʻminlarga nozil qilingan narsaga (Qurʼonga) kunning boshida iymon keltirib, kunning oxirida uni inkor qilinglar. Shoyad (ular ham iymonlaridan) qaytsalar.Аҳли китобдан бир тоифаси бир-бирларига шундай дейишди: «Мўминларга нозил қилинган нарсага (Қуръонга) куннинг бошида иймон келтириб, куннинг охирида уни инкор қилинглар. Шояд (улар ҳам иймонларидан) қайтсалар.

59-sahifa · 3-juz · 6-hizb59-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَتva dediва дедиطَّآئِفَةٌۭbir toifaбир тоифаمِّنْ-dan-данأَهْلِahliаҳлиٱلْكِتَـٰبِkitoblarкитобларءَامِنُوا۟iymon keltiringlarиймон келтирингларبِٱلَّذِىٓnarsagaнарсагаأُنزِلَtushirilganтуширилганعَلَى-ga-гаٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларوَجْهَavvalidaаввалидаٱلنَّهَارِkunningкуннингوَٱكْفُرُوٓا۟va kufr keltiringlarва куфр келтирингларءَاخِرَهُۥuning oxiridaунинг охиридаلَعَلَّهُمْshoyadki ularшоядки уларيَرْجِعُونَqaytsalarқайтсалар
TafsirТафсир

Avval musulmon boʻlganini eʼlon qilib turib, keyin darrov Islomdan qaytganini eʼlon qilish–pastkashlik va hiylakorlikdir. Shu yoʻl bilan iymoni zaif musulmonlarni, aqli past kishilarni Islomdan chiqarmoqchi boʻladilar.

Ushbu oyati karimalar nozil boʻlayotgan paytda yangi musulmonlar asosan savodsiz arablardan boʻlgan. Ular ahli kitoblarga hurmat nazari bilan qaragan. Chunki ular Allohdan tushgan kitob egalaridirlar, bu muqaddas kitobdan koʻp narsani oʻrganganlar, shuning uchun hamma ishlari oʻsha ilohiy kitobdan kelib chiqqan boʻladi, deb oʻylashgan. Gapning qisqasi, ahli kitoblar ilm, maʼrifat egalari, har bir ishni chuqur tushunib bajaradigan odamlar, degan tushuncha boʻlgan. Shunday odamlar kunning avvalida iymonga kelib, oxirida yana kufr keltirsalar, sodda musulmonlar: «bu odam Islomdagi nuqsonni topdi shekilli, boʻlmasa bundoq qilmas edi», degan fikrga kelishi turgan gap. Bu holni yaxshi bilgan ahli kitoblardan bir toifalari bir-birlariga:

«Iymon keltirganlarga tushgan narsaga kunning avvalida iymon keltiringlar va kunning oxirida kufr keltiringlar, shoyadki, qaytsalar», deyishadi.

Bu bilan, shoyad, moʻminlar ham bizga qoʻshilib dinlaridan chiqsalar, demoqchilar.

Bunday usul hozir ham davom etmoqda. Allohning irodasi bilan hozirgi kunda ahli kitoblar ilm-fan rivoj topgan, yuqori texnik taraqqiyotga ega boʻlgan yurtlarda yashamoqdalar. Ular yuksak moddiy madaniyat egalaridir, ilmiy unvonlari ham boloxonador. Bu sohada ortda qolgan musulmonlar odatda ularga havas bilan, hurmat, ehtirom bilan qarashadi. Koʻplari ularga koʻr-koʻrona taqlid ham qilishadi. Bu taqlid hayotning hamma sohalarida keng yoyilgan. Ahli kitob sanalgan yahudiy va nasroniylar haqida: ular bir narsani chuqur tushunmasa, amal qilmaydi, degan tushuncha keng tar-qalgan. Shu bois, ulardan birortasi Islomga kirsa, butun musulmon olami quvonchdan terisiga sigʻmay ketadi. Ular orasida Islomga xolis kirib, hidoyat topib ketayotganlari koʻp, lekin yuqorida bayon etilganidek, hiyla qilib, Islomga zarar yetkazish maqsadida kunning avvalida iymonga kelib, oxirida kufrga qaytayotganlari ham yoʻq emas.

Islomga qarshi kuchlarning yana bir xavfli toifasi borki, ular Islom diyorlarida musulmon ota-onadan tugʻilgan boʻladi, ismlari ham musulmoncha, oʻzlarini «musulmon» deb eʼlon ham qilganlar. Bunday «askarlar» rahbar–boshliqlar, yozuvchilar, olimlar, faylasuflar, jurnalistlar va yana boshqa shakllarda uchraydilar. Ularning vazifasi ham musulmonlarni dindan qaytarishdir.

Ahli kitoblarning oʻzaro nasihatlaridan biri:

«Va diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmanglar».

Yaʼni, ularga hech sir aytmanglar, rejalaringizni ham bildirmanglar.

Hozirgi kunda dunyoda koʻplab yahudiy va nasroniy tashkilotlar bor. Soyhuniylar (sionistlar), massonlar, missionerlar va bulardan tashqari nomlari ham yashiriladigan yana koʻplab tashkilotlar bor. Ularning faoliyatlari qattiq sir tutiladi. Oʻzlarini shunchalik berkitadilarki, baʼzan oila aʼzolaridan ham yashiradilar. Ularning barchalari Islomga qarshi, musulmonlarni dinlaridan chiqarish yoʻlida harakat qiladilar.

Ahli kitoblarning oʻzlaridan boshqaga ishonmaslik, hamma narsani sir tutishga chaqiriqlarining sababi kelasi jumlada bayon qilingandir:

«...toki birortaga sizga berilganga oʻxshash narsa berilmasin»,

yaʼni, hech kimga ilohiy kitob va Paygʻambarlik berilmasin;

«...yoki Robbingiz huzurida siz bilan hujjat talashmasin», deydilar.

Yaʼni, agar ular haqiqatni bilib olsalar, bizning xiyonatimizni ham tushunib qoladilar-da, keyin Alloh huzurida biz bilan hujjat talashadilar.

Demak, ularning hadigi–boshqalar ham fazlga ega boʻlib qolmasin va bularning ayblari ham fosh boʻlmasin.

Ahli kitoblarning bu xiyonatkorona qilmishlariga javob tariqasida Paygʻambar alayhissalomga Alloh taolo:

«Albatta, haqiqiy hidoyat Allohning hidoyatidir», deb ayt», deb oʻrgatmoqda.

Demak, musulmonlar buni yaxshi tushunishlari kerak va har kimga koʻr-koʻrona taqlid qilmasliklari, boshqalarning gaplariga uchavermasliklari lozim.

Yana, Alloh taolo Paygʻambar alayhissalomga:

«Albatta, fazl Allohning qoʻlida, xohlagan kishisiga beradir. Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir. Xohlagan kishisiga Oʻz rahmatini xos qiladir va Alloh ulugʻ fazl egasidir», deb ayt», degan yoʻllanmani ham bermoqda.

Demak, ahli kitobning xohlagani emas, Alloh taoloning xohlagani boʻladi. Avvalo, fazl ahli kitobning qoʻlida emas, balki Allohning qoʻlida. Xohlagan kishisiga beradi. Ahli kitobni xohlamasdan, ahli Islomni xohlagani uchun, ularga oxirgi ilohiy kitobni–Qurʼonni va qiyomatgacha boqiy Islomni berdi.

«Alloh keng qamrovli, biluvchi Zot» boʻlganidan bu ulkan masʼuliyatni haqni botilga aralashtirgan, omonatga xiyonat qilgan, ilohiy kitobga amal qilishni tark etgan ahli kitoblarga ishonmadi, balki bu ulkan masʼuliyatni Muhammad alayhissalom boshliq musulmonlarga ishondi. Islom ummatini xohlab, unga Oʻz rahmatini xos qildi. Bu ummatga oxirgi ilohiy kitobni, qiyomat kunigacha boqiy shariatni va eng afzal Paygʻambarni berdi.

Keyingi oyatlarda Alloh ahli kitoblarning xolini vasf qilib, ularning nuqsonlarini fosh etadi: