QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят75

۞ وَمِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ مَنْ إِن تَأْمَنْهُ بِقِنطَارٍ يُؤَدِّهِۦٓ إِلَيْكَ وَمِنْهُم مَّنْ إِن تَأْمَنْهُ بِدِينَارٍ لَّا يُؤَدِّهِۦٓ إِلَيْكَ إِلَّا مَا دُمْتَ عَلَيْهِ قَآئِمًا ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا۟ لَيْسَ عَلَيْنَا فِى ٱلْأُمِّيِّـۧنَ سَبِيلٌ وَيَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qo`ysang, uni senga ado qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qo`ysang, ustida turib olmaguningcha, senga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning: omiylar uchun bizning ustimizga yo`l yo`q, deyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolg`on so`zlarlar.Аҳли китоблардан, агар ҳисобсиз молни омонат қўйсанг, уни сенга адо қиладиганлари бор ва бир динорни омонат қўйсанг, устида туриб олмагунингча, сенга адо қилмайдиганлари ҳам бор. Бу уларнинг: омийлар учун бизнинг устимизга йўл йўқ, дейишларидандир. Улар билиб туриб Аллоҳ ҳақида ёлғон сўзларлар.Alauddin Mansour: Ahli kitob orasida shunday kishilar borki, unga behisob molni omonat qoʻysangiz, xiyonat qilmay sizga qaytaradi. Ularning orasida yana shundaylari ham borki, unga bir dinorni ishonib bersangiz, to ustida turib olmaguningizcha sizga qaytib bermaydi. Buning boisi — ularning «omiy-kitobsiz kimsalar uchun bizning ustimizga hech qanday yoʻl yoʻq», deyishlaridir. (Yaʼni, ayrim yahudiylar oʻzlaridan boshqalarni past tabaqa hisoblab: «Biz Allohning suygan bandalarimiz, demak, boshqa millatlarning mollari biz uchun halol», der edilar.) Ular bilib turib Alloh haqida yolgʻon soʻzlarni soʻzlaydilar.Аҳли китоб орасида шундай кишилар борки, унга беҳисоб молни омонат қўйсангиз, хиёнат қилмай сизга қайтаради. Уларнинг орасида яна шундайлари ҳам борки, унга бир динорни ишониб берсангиз, то устида туриб олмагунингизча сизга қайтиб бермайди. Бунинг боиси — уларнинг «омий-китобсиз кимсалар учун бизнинг устимизга ҳеч қандай йўл йўқ», дейишларидир. (Яъни, айрим яҳудийлар ўзларидан бошқаларни паст табақа ҳисоблаб: «Биз Аллоҳнинг суйган бандаларимиз, демак, бошқа миллатларнинг моллари биз учун ҳалол», дер эдилар.) Улар билиб туриб Аллоҳ ҳақида ёлғон сўзларни сўзлайдилар.

59-sahifa · 3-juz · 6-hizb59-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَمِنْva -danва -данأَهْلِahliаҳлиٱلْكِتَـٰبِkitobкитобمَنْshunday kishilar borkiшундай кишилар боркиإِنagarагарتَأْمَنْهُunga omonat qoʻysangунга омонат қўйсангبِقِنطَارٍۢhisobsiz molniҳисобсиз молниيُؤَدِّهِۦٓuni ado qiladiуни адо қиладиإِلَيْكَsengaсенгаوَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنْshunday kishilar borkiшундай кишилар боркиإِنagarагарتَأْمَنْهُunga omonat qoʻysangунга омонат қўйсангبِدِينَارٍۢbir dinorniбир динорниلَّاemasэмасيُؤَدِّهِۦٓuni ado qiladiуни адо қиладиإِلَيْكَsengaсенгаإِلَّاmagarмагарمَاtokiтокиدُمْتَdavom etmaguningchaдавом этмагунингчаعَلَيْهِuning ustidaунинг устидаقَآئِمًۭا ۗturib olibтуриб олибذَٰلِكَbuбуبِأَنَّهُمْchunki ularчунки уларقَالُوا۟dedilarдедиларلَيْسَyoʻqйўқعَلَيْنَاbizning ustimizgaбизнинг устимизгаفِى-ga nisbatan-га нисбатанٱلْأُمِّيِّـۧنَomiylarомийларسَبِيلٌۭyoʻlйўлوَيَقُولُونَva soʻzlaydilarва сўзлайдиларعَلَىhaqidaҳақидаٱللَّهِAllohАллоҳٱلْكَذِبَyolgʻonniёлғонниوَهُمْholbuki, ularҳолбуки, уларيَعْلَمُونَbiladilarбиладилар
TafsirТафсир

Qurʼoni Karim insof bilan, adolat bilan baho beradi. Qattiq tortishuv chogʻida ham baho berishda xolis turib, avval ahli kitoblar ichidagi yaxshi odamlarni zikr qilmoqda:

«Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qoʻysang, uni senga ado qiladiganlari bor».

Yaʼni, ularning orasida omonatga xiyonat qilmaydigan, birovning haqqini yemaydigan kimsalar bor, deyapti. Ayni chogʻda, boshqachalari ham bor:

«...va bir dinorni omonat qoʻysang, ustida turib olmaguningcha, senga ado qilmaydiganlari ham bor».

Yaʼni, arzimagan molga ham xiyonat qilaveradiganlari ham bor. Orqasidan yurib, qayta-qayta talab qilibgina haqni undirib olasan. Ular oʻzlarining bu ishlaridan or ham qilishmaydi, chunki bu qilmishlarini yoqlab, oʻzlaricha fatvo toʻqib qoʻyganlar:

«Bu ularning: omiylar uchun bizning ustimizga yoʻl yoʻq, deyishlaridandir».

Yahudiylar oʻzlarini Allohning tanlab olgan xalqi hisoblashadi. Boshqalar ularning nazarida omiy hisoblanadi va ularga eshak boʻlib xizmat qilishlari kerak. Ular har bir narsaga alohida oʻlchov qilib olishgan: yahudiy yahudiyga xiyonat qilishi mumkin emas, lekin yahudiy omiyga, yaʼni yahudiymasga xiyonat qilsa boʻladi. Savob oladi. Ularning aytishicha, Alloh taolo yahudiylarga ularning dinida boʻlmagan odamlarning molini halol qilgan emish. Aslini olganda:

«Ular bilib turib, Alloh haqida yolgʻon soʻzlarlar».

Shu maqomda Qurʼoni Karim oʻzining axloqiy mezonini eʼlon qiladi: