إِنَّ ٱلَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ ٱللَّهِ وَأَيْمَـٰنِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلًا أُو۟لَـٰٓئِكَ لَا خَلَـٰقَ لَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ ٱللَّهُ وَلَا يَنظُرُ إِلَيْهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning ahdini va o`z qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta, ana o`shalarga oxiratda nasiba yo`qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor.Аллоҳнинг аҳдини ва ўз қасамларини арзон баҳога сотадиганлар, албатта, ана ўшаларга охиратда насиба йўқдир, қиёмат куни Аллоҳ уларга гапирмас, назар солмас ва покламас. Уларга аламли азоблар бор.Alauddin Mansour: Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun Oxiratda hech qanday nasiba yoʻqdir. Qiyomat Kunida Alloh ularga soʻz qotmaydi, rahmat nazari bilan boqmaydi va gunohlaridan poklamaydi. Ular uchun alamli azob bordir.Аллоҳга берган аҳд-паймон ва қасамларини озгина қийматга сотиб юборадиган кимсалар учун Охиратда ҳеч қандай насиба йўқдир. Қиёмат Кунида Аллоҳ уларга сўз қотмайди, раҳмат назари билан боқмайди ва гуноҳларидан покламайди. Улар учун аламли азоб бордир.
Bu ham umumiy qoida boʻlib, mazkur sifatdagi kishilarga, ular kim boʻlishidan qatʼi nazar, joriy etiladi.
Allohga bergan ahdlarini va sadoqat uchun ichgan qasamlarini bu dunyoning matohini deb buzganlar, pastkash odamlar hisoblanadilar. Bu dunyoni deb oxiratni sotganlari uchun ularga oxiratda hech qanday nasiba qolmaydi. Allohning rahmatidan zarracha ham bahramand boʻla olmaydilar. Qiyomat kunida xoru zor boʻlib turganida, Allohdan unga koʻngil koʻtaruvchi gap ham boʻlmaydi; rahmat nazarini solmaydi. Gunohlardan ham poklamaydi. Balki, alamli azoblar bilan azoblaydi.