QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят79

مَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُؤْتِيَهُ ٱللَّهُ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَ ثُمَّ يَقُولَ لِلنَّاسِ كُونُوا۟ عِبَادًا لِّى مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلَـٰكِن كُونُوا۟ رَبَّـٰنِيِّـۧنَ بِمَا كُنتُمْ تُعَلِّمُونَ ٱلْكِتَـٰبَ وَبِمَا كُنتُمْ تَدْرُسُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni va Payg`ambarlikni berganidan so`ng, u odamlarga: «Allohni ko`yib menga banda bo`linglar», deyishi aslo mumkin emas. Lekin odamlarga: «Kitobni o`rgatganingiz va o`zingiz o`rganganingiz asosida Robboniylar bo`ling», deydi.Бир кишига Аллоҳ китобни, ҳукмни ва Пайғамбарликни берганидан сўнг, у одамларга: «Аллоҳни кўйиб менга банда бўлинглар», дейиши асло мумкин эмас. Лекин одамларга: «Китобни ўргатганингиз ва ўзингиз ўрганганингиз асосида Роббонийлар бўлинг», дейди.Alauddin Mansour: Biror odam uchun Alloh unga Kitob, hikmat va paygʻambarlik berganidan soʻng, odamlarga: «Allohga emas, menga ibodat qilinglar», deyishi joiz emas, balki ularga: «Allohning kitobini odamlarga taʼlim berib va oʻzingiz oʻqib-oʻrganib, yolgʻiz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar boʻlinglar» (demogʻi lozimdir).Бирор одам учун Аллоҳ унга Китоб, ҳикмат ва пайғамбарлик берганидан сўнг, одамларга: «Аллоҳга эмас, менга ибодат қилинглар», дейиши жоиз эмас, балки уларга: «Аллоҳнинг китобини одамларга таълим бериб ва ўзингиз ўқиб-ўрганиб, ёлғиз Парвардигорга ибодат қиладиган кишилар бўлинглар» (демоғи лозимдир).

60-sahifa · 3-juz · 6-hizb60-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасكَانَboʻlishi mumkinбўлиши мумкинلِبَشَرٍbir kishigaбир кишигаأَن-ki-киيُؤْتِيَهُunga bersaунга берсаٱللَّهُAllohАллоҳٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَٱلْحُكْمَva hukmniва ҳукмниوَٱلنُّبُوَّةَva Paygʻambarlikniва Пайғамбарликниثُمَّsoʻngraсўнграيَقُولَdeyishiдейишиلِلنَّاسِodamlargaодамларгаكُونُوا۟boʻlinglarбўлингларعِبَادًۭاbandalarбандаларلِّىmengaменгаمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳوَلَـٰكِنlekinлекинكُونُوا۟boʻlinglarбўлингларرَبَّـٰنِيِّـۧنَRobboniylarРоббонийларبِمَاsababliсабаблиكُنتُمْsizlar edingizсизлар эдингизتُعَلِّمُونَoʻrgatarўргатарٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниوَبِمَاva sababliва сабаблиكُنتُمْsizlar edingizсизлар эдингизتَدْرُسُونَoʻrganarўрганар
TafsirТафсир

Maʼlumki, nasorolar Alloh ularga yuborgan Paygʻambar Iyso alayhissalomni «xudo» deb eʼtiqod qilganlar va qiladilar. Ularga «Nimaga Iysoni xudo deysizlar?»–deyilsa: Oʻzi aytgan, bizni ibodatini qilishimizga buyurgan»–deyishadi. Ahli kitoblar bilan boʻlgan tortishuvlarda bu masala ham qoʻzgʻalgan boʻlishi turgan gap. Bu maqomda haqiqat nimada ekanligini ushbu oyat bayon qilyapti.

Paygʻambar Allohni eng yaxshi tanigan va oʻzining bandaligini chuqur tushunib yetgan banda boʻladi. Aks holda, Paygʻambar boʻla olmaydi. Bu haqiqatni tushunib yetmagan, Alloh taoloni tanimagan odamdangina «menga ibodat qilinglar», degan gap chiqishi mumkin. Ammo:

«Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni va Paygʻambarlikni berganidan soʻng, u odamlarga: «Allohni quyib menga banda boʻlinglar», deyishi aslo mumkin emas».

Paygʻambar kishi odamlarni Allohga banda boʻlishga chaqirishni oʻzining bosh vazifasi deb biladi. Paygʻambar odamlarga:

«Kitobni oʻrgatganingiz va oʻzingiz oʻrganganingiz asosida Robboniylar boʻling», deydi».

«Robboniy» soʻzi Robbga nisbat berilgan boʻlib, Allohning dinini mahkam tutuvchi, degan maʼnoni bildiradi. Robboniy boʻlishga asos ularning odamlarga kitobni oʻrgatganlari va oʻzlari ham oʻrganganliklaridir. Bu esa, robboniylik chuqur ilm asosida kelib chiqishini bildiradi.

Keyingi oyatda ham Paygʻambarning ishlari vasf qilinadi: