QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят80

وَلَا يَأْمُرَكُمْ أَن تَتَّخِذُوا۟ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةَ وَٱلنَّبِيِّـۧنَ أَرْبَابًا ۗ أَيَأْمُرُكُم بِٱلْكُفْرِ بَعْدَ إِذْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarni farishtalar va Payg`ambarlarni Robb qilib olishingizga buyurmas. U sizni musulmon bo`lganingizdan keyin kufrga buyurarmidi?!У сизларни фаришталар ва Пайғамбарларни Робб қилиб олишингизга буюрмас. У сизни мусулмон бўлганингиздан кейин куфрга буюрармиди?!Alauddin Mansour: U (paygʻambar) sizlarni farishtalar va boshqa paygʻambarlarni xudo qilib olishingizga buyurishi ham joiz emas. Axir u sizlarni musulmon — Allohga boʻysunguvchi boʻlganingizdan keyin kufr — dinsizlikka qaytishga buyuradimi?!У (пайғамбар) сизларни фаришталар ва бошқа пайғамбарларни худо қилиб олишингизга буюриши ҳам жоиз эмас. Ахир у сизларни мусулмон — Аллоҳга бўйсунгувчи бўлганингиздан кейин куфр — динсизликка қайтишга буюрадими?!

60-sahifa · 3-juz · 6-hizb60-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасيَأْمُرَكُمْsizlarni buyurarсизларни буюрарأَن-ki-киتَتَّخِذُوا۟tutib olishingizgaтутиб олишингизгаٱلْمَلَـٰٓئِكَةَfarishtalarniфаришталарниوَٱلنَّبِيِّـۧنَva Paygʻambarlarniва Пайғамбарларниأَرْبَابًا ۗRobb qilibРобб қилибأَيَأْمُرُكُمu sizni buyurarmidiу сизни буюрармидиبِٱلْكُفْرِkufrgaкуфргаبَعْدَkeyinкейинإِذْoʻshandaўшандаأَنتُمsizlarсизларمُّسْلِمُونَmusulmonlarмусулмонлар
TafsirТафсир

Shuningdek, Paygʻambar hech qachon odamlarga farishtalar va Paygʻambarlarni xudo qilib olinglar, deb amr qilmaydi:

«U sizlarni farishtalar va Paygʻambarlarni Robb qilib olishingizga buyurmas».

Chunki u, Alloh, farishta va Paygʻambar orasidagi farqni eng yaxshi tushunadigan odamdir. Paygʻambarning vazifasi odamlarni Allohga iymon keltirishga, farishtalarga iymon keltirishga va, shuningdek, Paygʻambarlarga iymon keltirishga buyurishdir. Odamlarni musulmon qilishdir. Asl vazifasi shulardan iborat boʻlsa-yu:

«U sizni musulmon boʻlganingizdan keyin kufrga buyurarmidi?!»

Demak, haligi guruhning daʼvosi yolgʻon. Ular faqat musulmonlar orasida shak-shubha tarqatish uchun turli gaplarni toʻqib chiqaradilar, xolos.

Avvalgi oyatlarda ahli kitoblarning xiyonat qilib Allohning kitobini oʻzgartirganliklari, kitobdan boʻlmagan narsani kitobdan, deb aytganlari, Paygʻambarlarga ham xiyonat qilganliklari aytib oʻtildi. Keyingi oyatlarda Paygʻambarlar hammalari bir silsila ekanliklari, hammalaridan Alloh bir-birlariga iymon keltirishga ahdu paymon olganligi, hamma Paygʻambarlarga birdek iymon keltirish zarurligi, Islom Alloh qabul qiladigan yagona din ekanligi bayon etilgan.