QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят81

وَإِذْ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَـٰقَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ لَمَآ ءَاتَيْتُكُم مِّن كِتَـٰبٍ وَحِكْمَةٍ ثُمَّ جَآءَكُمْ رَسُولٌ مُّصَدِّقٌ لِّمَا مَعَكُمْ لَتُؤْمِنُنَّ بِهِۦ وَلَتَنصُرُنَّهُۥ ۚ قَالَ ءَأَقْرَرْتُمْ وَأَخَذْتُمْ عَلَىٰ ذَٰلِكُمْ إِصْرِى ۖ قَالُوٓا۟ أَقْرَرْنَا ۚ قَالَ فَٱشْهَدُوا۟ وَأَنَا۠ مَعَكُم مِّنَ ٱلشَّـٰهِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh Payg`ambarlardan: «Sizlarga kitob va hikmat berganim uchun ketingizdan sizlardagi narsani tasdiqlovchi Payg`ambar kelganda, albatta unga iymon keltirasiz va yordam berasiz, — deb ahdu paymonlarini olib turib: — Iqror bo`ldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?» deganini esla. Ular: «Iqror bo`ldik», – deyishdi. U: «Bas, guvoh bo`linglar, men ham guvoh bo`luvchilardanman», – dedi.Аллоҳ Пайғамбарлардан: «Сизларга китоб ва ҳикмат берганим учун кетингиздан сизлардаги нарсани тасдиқловчи Пайғамбар келганда, албатта унга иймон келтирасиз ва ёрдам берасиз, — деб аҳду паймонларини олиб туриб: — Иқрор бўлдингизми? Бу ҳақда ишончли аҳду паймонимни қабул қилдингизми?» деганини эсла. Улар: «Иқрор бўлдик», – дейишди. У: «Бас, гувоҳ бўлинглар, мен ҳам гувоҳ бўлувчиларданман», – деди.Alauddin Mansour: Eslang (ey ahli kitob), Alloh barcha paygʻambarlardan: «Men sizlarga qanday Kitob va hikmat bermayin, keyin sizlarning paygʻambarligingizni tasdiq etuvchi bir paygʻambar (yaʼni Muhammad alayhis-salotu vas-salom) kelgach, albatta unga iymon keltirursiz va yordam berursiz», deb ahd-paymon olgach, ularga: «Mana shu ahd-paymonimni iqror boʻlib qabul qildingizlarmi?», dedi. U paygʻambarlar: «Iqrormiz», deb javob qilishgach, Alloh aytdi: «Guvoh boʻlingiz! Men ham sizlar bilan guvoh boʻlguvchilardanman».Эсланг (эй аҳли китоб), Аллоҳ барча пайғамбарлардан: «Мен сизларга қандай Китоб ва ҳикмат бермайин, кейин сизларнинг пайғамбарлигингизни тасдиқ этувчи бир пайғамбар (яъни Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) келгач, албатта унга иймон келтирурсиз ва ёрдам берурсиз», деб аҳд-паймон олгач, уларга: «Мана шу аҳд-паймонимни иқрор бўлиб қабул қилдингизларми?», деди. У пайғамбарлар: «Иқрормиз», деб жавоб қилишгач, Аллоҳ айтди: «Гувоҳ бўлингиз! Мен ҳам сизлар билан гувоҳ бўлгувчиларданман».

60-sahifa · 3-juz · 6-hizb60-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva esla, oʻshandaва эсла, ўшандаأَخَذَoldiолдиٱللَّهُAllohАллоҳمِيثَـٰقَahdu paymoniniаҳду паймониниٱلنَّبِيِّـۧنَNabiylarningНабийларнингلَمَآalbatta, nimaikiалбатта, нимаикиءَاتَيْتُكُمsizlarga bergan boʻlsamсизларга берган бўлсамمِّن-dan-данكِتَـٰبٍۢkitobкитобوَحِكْمَةٍۢva hikmatва ҳикматثُمَّsoʻngraсўнграجَآءَكُمْsizlarga kelsaсизларга келсаرَسُولٌۭbir Paygʻambarбир Пайғамбарمُّصَدِّقٌۭtasdiqlovchiтасдиқловчиلِّمَاnarsaniнарсаниمَعَكُمْsizlardagiсизлардагиلَتُؤْمِنُنَّalbatta iymon keltirasizалбатта иймон келтирасизبِهِۦungaунгаوَلَتَنصُرُنَّهُۥ ۚva albatta yordam berasizва албатта ёрдам берасизقَالَdediдедиءَأَقْرَرْتُمْiqror boʻldingizmiиқрор бўлдингизмиوَأَخَذْتُمْva qabul qildingizmiва қабул қилдингизмиعَلَىٰhaqdaҳақдаذَٰلِكُمْbuбуإِصْرِى ۖahdu paymonimniаҳду паймонимниقَالُوٓا۟deyishdiдейишдиأَقْرَرْنَا ۚiqror boʻldikиқрор бўлдикقَالَdediдедиفَٱشْهَدُوا۟bas, guvoh boʻlinglarбас, гувоҳ бўлингларوَأَنَا۠va men hamва мен ҳамمَعَكُمsizlar bilanсизлар биланمِّنَ-danman-данманٱلشَّـٰهِدِينَguvoh boʻluvchilarгувоҳ бўлувчилар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada ajoyib bir koʻrinish vasf etilmoqda: hamma Paygʻambarlar Alloh taoloning huzurida toʻplanishgan. Bu ulkan yigʻilishda Alloh subhonahu va taolo Paygʻambarlarning oʻzlarini guvoh qilib turib, Oʻzi ham bu guvohlikka qoʻshilib turib, ulardan ishonchli, taʼkidlangan ahdu paymon olmoqda. Bu ishonchli, taʼkidlangan ahdu paymon Alloh taolo kitob va hikmat bergan har bir Paygʻambar oʻzidan keyin uning Paygʻambarligini tasdiqlab kelgan Paygʻambarga albatta iymon keltirishi va albatta unga yordam berishi haqidadir. Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: oʻzidan keyin kelganga oldin oʻtgan Paygʻambar qanday qilib iymon keltirib, qanday yordam beradi? Javob shulki, Alloh kitob va hikmat bergan har bir Paygʻambar oʻz ummatini oʻzidan keyin uning Paygʻambarligini tasdiqlovchi Paygʻambar kelsa, unga iymon keltirish va yordam berish ruhida tarbiyalaydi. Ummatlarining iymon keltirgani uning iymon keltirgani, ummatlarining yordam bergani uning yordam berganidir. Alloh aynan mana shu ishga Paygʻambarlarning ahdu paymonini oldi va yana taʼkidlash uchun:

«Iqror boʻldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?» – dedi.

«Ular: «Iqror boʻldik», – deyishdi».

Demak, Paygʻambar alayhissalomlar oʻz ummatlarini oʻzlaridan keyin keladigan Paygʻambarga iymon keltirish va unga yordam berish ruhida tarbiyalab kelishgan. Ularning barchalari bir silsilaning xalqalaridir.

Shu bilan birga, tafsirchi olimlarimiz «sizlardagi narsani tasdiqlovchi Paygʻambar»dan murod Muhammad alayhissalomdir, deganlar. Yaʼni, har bir Paygʻambar: «Mabodo mendan keyin Muhammad alayhissalom mening Paygʻambarligimni tasdiqlab kelsa, albatta, unga iymon keltirasizlar va yordam berasizlar», deb ketganlar. Mufassirlarimiz oʻzlarining bu fikrlarini Paygʻambarimiz alayhissalomdan qilingan rivoyatlar bilan tasdiqlashadi.

Ali ibn Abi Tolib va ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadiki:

«Alloh Paygʻambarlardan har birini yuborishdan oldin albatta undan: «Agar Alloh Muhammad alayhissalomni Paygʻambar qilib yuborganda u tirik boʻlsa, albatta unga iymon keltirish va yordam berish haqida ahdu paymon oldi. Hamda uni oʻz ummatidan Muhammad alayhissalom Paygʻambar etib yuborilganlarida tirik boʻlsalar, u kishiga albatta iymon keltirish va yordam berish haqida ahdu paymon olishga buyurdi».

Shubhasiz, Muso va Iyso alayhissalomlar ham oʻz ummatlaridan bu ishga ahdu paymon olganlar. Tavrot va Injilda ham bu masala kelgan. Nima uchun yahudiylar va nasorolar Muhammad alayhissalomga iymon ham keltirmaydilar, yordam ham qilmaydilar?! Aksincha, kufr keltirib, yuz oʻgirib ketadilar? Holbuki: