قُلْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ عَلَيْنَا وَمَآ أُنزِلَ عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْمَـٰعِيلَ وَإِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطِ وَمَآ أُوتِىَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَٱلنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub va asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso, Iyso va boshqa Payg`ambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik, ulardan birortasini ajratmaymiz va biz Ungagina musulmonmiz!» deb ayt!Сен: «Аллоҳга ва бизга туширилган нарсага, Иброҳим, Исмоил, Исҳоқ, Яъқуб ва асботларга туширилган нарсага, Мусо, Ийсо ва бошқа Пайғамбарларга Роббиларидан берилган нарсага иймон келтирдик, улардан бирортасини ажратмаймиз ва биз Унгагина мусулмонмиз!» деб айт!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), «Allohga, bizga nozil qilingan narsaga (Qurʼonga) va Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va uning urugʻ-avlodlariga nozil qilingan narsalarga va Muso, Iyso hamda barcha paygʻambarlarga Parvardigorlari tomonidan berilgan narsalarga iymon keltirdik. U paygʻambarlardan birortasini ajratib qoʻymaymiz. Va biz Uning Oʻzigagina boʻysunguvchilarmiz», deb ayting.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), «Аллоҳга, бизга нозил қилинган нарсага (Қуръонга) ва Иброҳим, Исмоил, Исҳоқ, Яъқуб ва унинг уруғ-авлодларига нозил қилинган нарсаларга ва Мусо, Ийсо ҳамда барча пайғамбарларга Парвардигорлари томонидан берилган нарсаларга иймон келтирдик. У пайғамбарлардан бирортасини ажратиб қўймаймиз. Ва биз Унинг Ўзигагина бўйсунгувчилармиз», деб айтинг.
Alloh subhonahu va taolo oʻzining oxirgi Paygʻambari Muhammad alayhissalomga oʻzlari va ummatlari nomidan bir qancha haqiqatlarni hammaga eʼlon qilishni amr etmoqda:
«Allohga»,
yaʼni, Uning borligiga, kamolot sifatlariga, ismlariga, amallariga, Robb ekanligiga va ibodatga sazovorligiga iymon keltirdik.
«Bizga tushirilgan narsaga»,
yaʼni, biz musulmonlarga tushirilgan Qurʼonga iymon keltirdik.
«Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va asbotlarga tushirilgan narsaga»,
yaʼni, oʻzimizdan oldin oʻtgan mazkur azizlarga nozil qilingan sahifa va vahiylarga iymon keltirdik; («Asbot» degani, Yaʼqub alayhissalomning avlodlari, deganidir.)
«Muso, Iyso va boshqa Paygʻambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik»,
yaʼni, Tavrot, Injil va boshqa barcha vahiylarga iymon keltirdik;
«Ulardan birortasini ajratmaymiz»,
yaʼni, hammalariga birdek iymon keltiramiz. Yahudiy va nasorolarga oʻxshab baʼzilarini ajratib qoʻymaymiz;
«va biz Ungagina musulmonmiz».
Iymon keltirish lozim boʻlgan narsalarni aytib boʻlib oxirida, biz Allohning Oʻzigagina boʻyinsunamiz, deyish oʻziga xos maʼno kasb etadi. Islom til bilan aytiladigan soʻzgina emas, dilga oʻrnashadigan tasdiqgina emas, balki Allohning koʻrsatmasiga amal qilib yashash ekanini bildiradi. Shuning uchun: