QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят83

أَفَغَيْرَ دِينِ ٱللَّهِ يَبْغُونَ وَلَهُۥٓ أَسْلَمَ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ طَوْعًا وَكَرْهًا وَإِلَيْهِ يُرْجَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning dinidan boshqani xohlaydilarmi?! Axir xohlasayu xohlamasa, osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Allohga bo`ysunib turibdi-ku!!! Hamda Unga qaytariladilarku!!!Аллоҳнинг динидан бошқани хоҳлайдиларми?! Ахир хоҳласаю хоҳламаса, осмонлару ердаги барча жонзотлар Аллоҳга бўйсуниб турибди-ку!!! Ҳамда Унга қайтариладиларку!!!Alauddin Mansour: Allohning dinidan oʻzga din istaydilarmi?! Axir osmonlaru Yerdagi barcha jonzot istasa-istamasa Unga boʻysunib turibdi-ku! Oʻshalar (yaʼni, Allohning diniga itoat qilishni xohlamayotganlar) ham faqat Uning Oʻziga qaytariladilar-ku!Аллоҳнинг динидан ўзга дин истайдиларми?! Ахир осмонлару Ердаги барча жонзот истаса-истамаса Унга бўйсуниб турибди-ку! Ўшалар (яъни, Аллоҳнинг динига итоат қилишни хоҳламаётганлар) ҳам фақат Унинг Ўзига қайтариладилар-ку!

60-sahifa · 3-juz · 6-hizb60-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفَغَيْرَaxir boshqasinimiахир бошқасинимиدِينِdinidanдиниданٱللَّهِAllohningАллоҳнингيَبْغُونَxohlaydilarхоҳлайдиларوَلَهُۥٓholbuki, Ungaҳолбуки, Унгаأَسْلَمَboʻysundiбўйсундиمَنbarcha jonzotlarбарча жонзотларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِva yerва ерطَوْعًۭاxohlabхоҳлабوَكَرْهًۭاva xohlamayва хоҳламайوَإِلَيْهِva Ungaва Унгаيُرْجَعُونَqaytariladilarқайтариладилар
TafsirТафсир

Allohning dini bitta. Hamma Paygʻambarlar shu din bilan kelganlar. Bir-birlarini tasdiqlab, bir-birlariga yordam berib, Allohning diniga oʻz davrlarida xizmat qilib kelganlar.

Islomdan yuz oʻgirayotganlar Alloh dinidan yuz oʻgirgan boʻladilar. Nima ular

«Allohning dinidan boshqani xohlaydilarmi?!»

Ammo ular Islomdan yuz oʻgirib qayoqqa boradilar?

«Axir xohlasayu xohlamasa, osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Allohga boʻysunib turibdi-ku!!! Hamda Unga qaytariladilar-ku!!!»

Osmonlardagi farishtalar, yerdagi insu jinlar Allohga taslim boʻlib turibdiku. Musulmon butun vujudi bilan, chin qalbdan taslim boʻladi. Kofir esa, xohlamasa ham Allohning sultoni va qahriga boʻysunadi. Eng muhimi, hammalari Alloh taologa hech shubhasiz qaytariladilar.

Kelasi oyati karimada Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad alayhissalomga ahli kitobga quyidagi xitobni qilishni amr etadi.