QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят86

كَيْفَ يَهْدِى ٱللَّهُ قَوْمًا كَفَرُوا۟ بَعْدَ إِيمَـٰنِهِمْ وَشَهِدُوٓا۟ أَنَّ ٱلرَّسُولَ حَقٌّ وَجَآءَهُمُ ٱلْبَيِّنَـٰتُ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymonidan, Payg`ambarning haqligiga guvohlik berganidan va ularga ochiq bayonotlar kelganidan keyin kufr ketgan qavmni Alloh qanday qilib, hidoyatga solsin. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.Иймонидан, Пайғамбарнинг ҳақлигига гувоҳлик берганидан ва уларга очиқ баёнотлар келганидан кейин куфр кетган қавмни Аллоҳ қандай қилиб, ҳидоятга солсин. Аллоҳ золим қавмларни ҳидоятга солмас.Alauddin Mansour: Iymon keltirib, paygʻambarning haq paygʻambar ekanligiga guvoh boʻlishganidan keyin va ularga dalil-oyatlar kelganidan keyin kofir boʻlgan kimsalarni Alloh qanday hidoyat qilsin?! Alloh zulm qilguvchi qavmni hidoyat qilmaydi.Иймон келтириб, пайғамбарнинг ҳақ пайғамбар эканлигига гувоҳ бўлишганидан кейин ва уларга далил-оятлар келганидан кейин кофир бўлган кимсаларни Аллоҳ қандай ҳидоят қилсин?! Аллоҳ зулм қилгувчи қавмни ҳидоят қилмайди.

61-sahifa · 3-juz · 6-hizb61-саҳифа · 3-жуз · 6-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَيْفَqanday qilibқандай қилибيَهْدِىhidoyatga soladiҳидоятга соладиٱللَّهُAllohАллоҳقَوْمًۭاbir qavmniбир қавмниكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганبَعْدَkeyinкейинإِيمَـٰنِهِمْiymonlaridanиймонлариданوَشَهِدُوٓا۟va guvohlik berganidanва гувоҳлик берганиданأَنَّ-ki-киٱلرَّسُولَPaygʻambarПайғамбарحَقٌّۭhaqdirҳақдирوَجَآءَهُمُva ularga kelganidanва уларга келганиданٱلْبَيِّنَـٰتُ ۚochiq bayonotlarочиқ баёнотларوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyatga solarҳидоятга соларٱلْقَوْمَqavmniқавмниٱلظَّـٰلِمِينَzolimзолим
TafsirТафсир

Haqiqatan, bular juda ham zolim odamlar hisoblanadi. Axir, ularga Islom dini haq din ekanligi toʻgʻrisida ochiq-oydin oyatlar, bayonotlar kelgan boʻlsa, oʻzlari ham Paygʻambar alayhissalomning haq ekanliklariga guvohlik berib iymonga kelsalar-u, keyin yana kufrga ketsalar, albatta, katta zulm qilgan boʻladilar-da.