أُو۟لَـٰٓئِكَ جَزَآؤُهُمْ أَنَّ عَلَيْهِمْ لَعْنَةَ ٱللَّهِ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarning jazosi ularga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la'nati bo`lishidir.Ана ўшаларнинг жазоси уларга Аллоҳнинг, фаришталарнинг ва барча одамларнинг лаънати бўлишидир.Alauddin Mansour: Ularning jazosi — ustlariga tushajak Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning laʼnatidir.Уларнинг жазоси — устларига тушажак Аллоҳнинг, фаришталарнинг ва барча одамларнинг лаънатидир.
Bunday laʼnatga qolish katta badbaxtlik emasmi?! Bu dunyo-yu u dunyoning barcha-barchasidan boʻladigan laʼnatni oʻziga qaratish– juda ham ulkan jazo! Darhaqiqat, Islomga kirish imkoni boʻlib turib, kirmaganlar shunday jazoga loyiqdirlar.
Ha, ularga, albatta, Allohning, farishtalarning va odamlarning laʼnati boʻlur va ular: