قُلْ يَـٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ لِمَ تَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ تَبْغُونَهَا عِوَجًا وَأَنتُمْ شُهَدَآءُ ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَـٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, ahli kitoblar! Nega iymon keltirganlarni Allohning yo`lidan to`sib, qaytarasiz?! O`zingiz shohid bo`lib turib, u(yo`l)ning qing`ir bo`lishini xohlaysiz! Alloh qilayotgan ishlaringizdan g`ofil emasdir.Эй, аҳли китоблар! Нега иймон келтирганларни Аллоҳнинг йўлидан тўсиб, қайтарасиз?! Ўзингиз шоҳид бўлиб туриб, у(йўл)нинг қинғир бўлишини хоҳлайсиз! Аллоҳ қилаётган ишларингиздан ғофил эмасдир.Alauddin Mansour: Ayting: «Ey ahli kitob, nima uchun iymon keltirgan kishilarni Allohning yoʻlidan toʻsasizlar va oʻzingiz guvoh boʻlgan holingizda undan (yaʼni, Allohning yoʻlidan) qiyiq axtarasizlar? Axir Alloh qilayotgan amallaringizdan gʻofil emas-ku!»Айтинг: «Эй аҳли китоб, нима учун иймон келтирган кишиларни Аллоҳнинг йўлидан тўсасизлар ва ўзингиз гувоҳ бўлган ҳолингизда ундан (яъни, Аллоҳнинг йўлидан) қийиқ ахтарасизлар? Ахир Аллоҳ қилаётган амалларингиздан ғофил эмас-ку!»
Oʻsha paytlarda ahli kitoblar musulmonlarni qanday qilib Allohning yoʻlidan toʻsganligining baʼzi namunalari «Baqara» surasida va ushbu «Oli Imron» surasining avvalida oʻtdi. Ular oʻsha vaqtlardan boshlab to hozirgi kungacha ne-ne ishlar qilmadilar! Moʻminlarni Islomdan toʻsish, qaytarish maqsadida oʻldirdilar, azobladilar, aldadilar va boshqa yana turli uslublarni ishga soldilar hamda solmoqdalar. Ular odamlarni Islomdan butunlay chiqarishga qodir boʻlmasalar ham, ozgina boʻlsa-da, chiqarishga harakat qildilar. Hozirgi paytda ular Islomning ru-hiy-maʼnaviy jihatlarining amal qilib turishiga rozidirlar, ammo inson hayotini, musulmon kishining barcha tasarrufotini boshqarib borishiga mutlaqo qarshidirlar.
«Oʻzingiz shohid boʻlib turib, u(yoʻl)ning qingʻir boʻlishini xohlaysiz!»
Darhaqiqat ahli kitob–yahudiy va nasorolar oʻzlarining muqaddas ilohiy kitoblari Tavrot va Injildan Muhammad alayhissalomning haq Paygʻambar ekanliklariga, u kishining sifatlarini oʻqib, shohid boʻlganlar. Bugungi kunda esa, ilmiy tadqiqotlar olib borib, Islom Allohning toʻgʻri yoʻli ekanligining guvohi boʻlmoqdalar. Ammo oʻzlari guvoh–shohid boʻlib turib, Islomning qingʻir boʻlib burilishini, Alloh xohlaganidek emas, oʻzlari xohlaganidek boʻlishini istaydilar.
«Alloh qilayotgan ishlaringizdan gʻofil emasdir.»
Hammasini bilib turib, vaqti kelganda jazolaydi.
Keyingi oyatlarda musulmonlarga xitob qilinib, ularni ahli kitoblarning makru hiylalaridan hushyor boʻlishga chaqiriladi.