يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تُطِيعُوا۟ فَرِيقًا مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ يَرُدُّوكُم بَعْدَ إِيمَـٰنِكُمْ كَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Agar kitob berilganlar toifasiga itoat qilsangiz, iymoningizdan keyin sizni kofirlikka qaytaradir.Эй, иймон келтирганлар! Агар китоб берилганлар тоифасига итоат қилсангиз, иймонингиздан кейин сизни кофирликка қайтарадир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, agar kitob berilgan kimsalarning baʼzi bir guruhlariga boʻysunsangiz, ular sizlarni iymonga kelganingizdan keyin yana kofirlikka qaytaradilar.Эй мўминлар, агар китоб берилган кимсаларнинг баъзи бир гуруҳларига бўйсунсангиз, улар сизларни иймонга келганингиздан кейин яна кофирликка қайтарадилар.
Alloh taolo musulmon ummatini barchaga yoʻlboshchi, ikki dunyo saodatiga yetaklovchi ilgʻor ummat qildi. Alloh taolo bu ummatni bandalarni bandaga bandalik qilishdan yagona Allohning Oʻziga bandalik qilishga chaqirish uchun, botil, buzilgan dinlar va tuzumlarning zulmidan Islomning adolatiga chaqirish uchun, dunyoning torligidan oxiratning kengligiga chaqirish uchun yubordi. Shunday sifatlarga ega boʻlgan ummat qanday qilib yoʻldan adashgan ahli kitoblarga ergashishi mumkin?! Agar ahli kitoblarga ergashsalar, ulkan baxtu saodatdan ajrab, iymondan chiqib, yana kofirlikka qaytadilar.