QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ali Imron surasi · Oyatсураси · Оят101

وَكَيْفَ تَكْفُرُونَ وَأَنتُمْ تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ ءَايَـٰتُ ٱللَّهِ وَفِيكُمْ رَسُولُهُۥ ۗ وَمَن يَعْتَصِم بِٱللَّهِ فَقَدْ هُدِىَ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan bo`lsa-yu, Uning Rasuli ichingizda bo`lsa-yu, qanday qilib kufr keltirasiz?! Kim Allohni mahkam tutsa, shubhasiz, to`g`ri yo`lga hidoyat topgan bo`ladir.Аллоҳнинг оятлари сизга тиловат қилиниб турган бўлса-ю, Унинг Расули ичингизда бўлса-ю, қандай қилиб куфр келтирасиз?! Ким Аллоҳни маҳкам тутса, шубҳасиз, тўғри йўлга ҳидоят топган бўладир.Alauddin Mansour: Allohning oyatlari sizlarga tilovat qilinayotgan, Uning paygʻambari orangizda boʻlgan bir paytda qanday qilib dindan qaytasiz?! Kim Allohga bogʻlansa (yaʼni, Uning dinini mahkam ushlasa) bas, muhaqqaqki, Toʻgʻri Yoʻlga hidoyat qilinibdi.Аллоҳнинг оятлари сизларга тиловат қилинаётган, Унинг пайғамбари орангизда бўлган бир пайтда қандай қилиб диндан қайтасиз?! Ким Аллоҳга боғланса (яъни, Унинг динини маҳкам ушласа) бас, муҳаққақки, Тўғри Йўлга ҳидоят қилинибди.

63-sahifa · 4-juz · 7-hizb63-саҳифа · 4-жуз · 7-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَيْفَva qanday qilibва қандай қилибتَكْفُرُونَkufr keltirasizкуфр келтирасизوَأَنتُمْholbuki, sizҳолбуки, сизتُتْلَىٰtilovat qilinmoqdaтиловат қилинмоқдаعَلَيْكُمْsizgaсизгаءَايَـٰتُoyatlariоятлариٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَفِيكُمْva ichingizdaва ичингиздаرَسُولُهُۥ ۗUning RasuliУнинг Расулиوَمَنva kimва кимيَعْتَصِمmahkam tutsaмаҳкам тутсаبِٱللَّهِAllohniАллоҳниفَقَدْbas, shubhasizбас, шубҳасизهُدِىَhidoyat topganҳидоят топганإِلَىٰ-ga-гаصِرَٰطٍۢyoʻlйўлمُّسْتَقِيمٍۢtoʻgʻriтўғри
TafsirТафсир

Musulmon ummatini Alloh taolo katta baxt-saodatga muyassar qildi: oʻsha paytlarda ularga Allohning oyatlari tilovat qilinib, ikki dunyo baxti-saodatiga erishtiruvchi yoʻllanmalar eshittirib turilardi. Oralarida Allohning Rasuli Muhammad alay- hissalom yurar, barcha kerakli narsalarni bayon qilib berar edilar. Muhammad Mustafo alayhissolatu vassalom rafiqi aʼloga koʻtarilganlaridan keyin ham Allohning muborak oyatlari hamon tilovat qilinib turibdi. Inshaalloh, qiyomat kunigacha tilovat qilinajak. Yana bir baxt shuki, Paygʻambar alayhissalomning sunnati mutahharalari saqlanib qolgan, bu sunnat u kishining vazifalarini to qiyomatgacha ado etadi. Shunday ulkan saodat ichida turib kufrga ketish juda ham ulkan gunoh, kechirib boʻlmas ayb hisoblanadi.

«Kim Allohni mahkam tutsa, shubhasiz, toʻgʻri yoʻlga hidoyat topgan boʻladir.»

Allohni mahkam tutgan kam boʻlmaydi. Chunki Alloh doim hayot, hoziru nozir, nuqsonsiz Zotdir. Allohni mahkam tutish Allohning dinini mahkam tutish bilan boʻladi. Ana shundagina inson toʻgʻri yoʻl tanlagan boʻladi. Boshqa hech qanday narsa toʻgʻri yoʻlni koʻrsatishi mumkin emas. Aqiyda masalasida, maʼnaviy yoʻl tutish masalasida islomiy masdarlardan boshqa tomonga burilish mutlaqo notoʻgʻridir.

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham bu masalada qattiq turganlar.

Imom Ahmad rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Sobitdan rivoyat qiladilar:

«Umar roziyallohu anhu Rasulullohning huzurlariga kelib:

«Ey, Allohning Rasuli, Bani Qurayzalik bir yahudiy ogʻaynim menga Tavrotdan ajoyib narsalarni yozib berdi, sizga koʻrsataymi?»–dedi. Shunda Rasulullohning ranglari oʻzgarib ketdi. Abdulloh ibn Sobit Umarga:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlarini koʻryapsanmi?»–dedi. Umar:

«Allohni Robb deb, Islomni din deb, Muhammadni Rasul deb rozi boʻldim»,–dedi. Shunda Paygʻambar alayhissalom oʻzlariga keldilar-da:

«Allohga qasamki, agar Muso alayhissalom ichingizda boʻlsa-yu, meni qoʻyib unga ergashsangiz, zalolatga ketgan, adashgan boʻlar edingiz. Sizlar ummatlar ichida mening nasibamsiz. Men Paygʻambarlar ichida sizning nasibangizman»,–dedilar.

Hofiz Abu Yaʼlo Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissolatu vassalom:

«Ahli kitobdan hech narsa soʻramanglar. Ular adashgan odamlardir, sizlarni hargiz hidoyatga sola olmaydilar. Ularga ishonsangiz, yo botilni tasdiq qilgan boʻlasiz, yo haqni yolgʻonga chiqargan boʻlasiz. Allohga qasamki, Muso va Iyso tirik boʻlganlarida, menga ergashishlaridan boshqa narsa ularga halol boʻlmasdi», deganlar.

Ahli kitobdan hech narsani qabul qilmaslikni amr qilganidan keyin, kelasi oyatlarda Alloh taolo musulmon ummatiga xitob qilib, hayotida amal qilishi lozim boʻlgan ikki asosiy qoidaga–iymon va birodarlikka chaqiradi: