يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ تُقَاتِهِۦ وَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَأَنتُم مُّسْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan o`ting.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳга ҳақиқий тақво ила тақво қилинг. Ва фақат мусулмон ҳолингиздагина бу дунёдан ўтинг.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Allohdan haq-rost qoʻrqish bilan qoʻrqinglar va faqat musulmon boʻlgan hollaringda dunyodan oʻtinglar!Эй мўминлар, Аллоҳдан ҳақ-рост қўрқиш билан қўрқинглар ва фақат мусулмон бўлган ҳолларингда дунёдан ўтинглар!
Mashhur sahobiy Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu haqiqiy taqvoni:
«Allohga itoat etib, isyon etmaslik, uni eslash va unutmaslik, unga doimo shukr qilib, kufr ketmaslik», deb taʼriflaganlar. Demak kim Alloh taoloning:
«Ey, iymon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling», degan amriga amal etishni iroda qilsa, yuqoridagi rivoyatdagi maʼnolarni oʻzida mujassam qilmogʻi lozim boʻladi.
«Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan oʻting.»
Yaʼni, Islomni oʻlguningizcha mahkam tuting.
Demak, ikki asosning biri–dunyoda iymon bilan, taqvodor boʻlib, Islomga toʻliq amal qilib oʻtmoqdir. Ushbu asosdan boshqa asosga qurilgan har qanday jamiyatning yaxshiligidan umid qilmasa ham boʻlaveradi.
Ikkinchi asosi kelasi oyatda bayon etiladi: