فَسُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, tunga kirishingizda ham, tongga kirishingizda ham Allohni poklab yod eting.Бас, тунга киришингизда ҳам, тонгга киришингизда ҳам Аллоҳни поклаб ёд этинг.Alauddin Mansour: Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohni poklangiz (yaʼni, U zotga hamdu sano aytingiz).Бас, тунга кириш пайтларингизда ҳам, тонгга кириш пайтларингизда ҳам Аллоҳни поклангиз (яъни, У зотга ҳамду сано айтингиз).
Allohni poklab yod etishni arabchada «tasbih» deyiladi. Tasbih, eng avvalo, dilda boʻlib, soʻngra tilga koʻchadi. «Subhanalloh» deb takrorlash tasbih aytish hisoblanadi. Tilda aytish dildagi tasbihning tasdigʻi boʻladi. Oʻz navbatida, tilda aytilgan tasbih amalga koʻchishi kerak.
Ulamolarimiz oyatdagi tunga kirishda tasbih aytish haqidagi amrni shom va xufton namoziga taʼviyl qilganlar. Yaʼni, shom va xufton namozlarini oʻqib, Allohni poklab yod etinglar deganidir, deb aytganlar.
Shuningdek, tongga kirishda tasbih aytishdan murod bomdod namozini oʻqishdir.