وَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَلِقَآئِ ٱلْـَٔاخِرَةِ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ فِى ٱلْعَذَابِ مُحْضَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg`onga chiqarganlar, ana o`shalar azobga hozir qilinurlar.Куфр келтириб, Бизнинг оятларимизни ва охират мулоқотини ёлғонга чиқарганлар, ана ўшалар азобга ҳозир қилинурлар.Alauddin Mansour: Ammo kufr yoʻlini tutgan va Bizning oyatlarimizni hamda Oxirat muloqotini yolgʻon degan kimsalar — ana oʻshalar (mangu) azobga duchor qilinurlar.Аммо куфр йўлини тутган ва Бизнинг оятларимизни ҳамда Охират мулоқотини ёлғон деган кимсалар — ана ўшалар (мангу) азобга дучор қилинурлар.
Demak, qiyomat kunidagi odamlarning boʻlingan ikkinchi katta guruhi
«Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolgʻonga chiqarganlar»
boʻladi. Ular bu dunyoda iymonsiz boʻlib, kofirlik ila, Alloh taoloning oyatlariga ishonmay ularni yolgʻonga chiqarish ila, oxirat kuniga ishonmay, oʻsha kunda Alloh taologa yoʻliqib, hisob-kitob berishni yolgʻonga chiqarib yurganlari uchun,
«ana oʻshalar, azobga hozir qilinurlar».
Qiyomat kuni vasfidan soʻng endi keladigan oyati karimalarda bu dunyoning koʻrinishlari va ajoyibotlari, siru asrorlari va turli moʻʼjizalari bayon qilinadi: