QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят19

يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ ٱلْمَيِّتَ مِنَ ٱلْحَىِّ وَيُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ وَكَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U o`likdan tirikni chiqarur va tirikdan o`likni chiqarur va yerni o`limidan keyin tiriltirur. Shunga o`xshash, siz ham chiqarilursiz.У ўликдан тирикни чиқарур ва тирикдан ўликни чиқарур ва ерни ўлимидан кейин тирилтирур. Шунга ўхшаш, сиз ҳам чиқарилурсиз.Alauddin Mansour: Alloh oʻlikdan tirikni chiqarur, tirikdan oʻlikni chiqarur va yerni oʻlganidan keyin (bahorda qayta) tiriltirur. Sizlar ham (Qiyomat Kunida qabrlaringizdan) mana shunday chiqarilursizlar.Аллоҳ ўликдан тирикни чиқарур, тирикдан ўликни чиқарур ва ерни ўлганидан кейин (баҳорда қайта) тирилтирур. Сизлар ҳам (Қиёмат Кунида қабрларингиздан) мана шундай чиқарилурсизлар.

406-sahifa · 21-juz · 41-hizb406-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُخْرِجُchiqarurчиқарурٱلْحَىَّtirikniтирикниمِنَ-dan-данٱلْمَيِّتِoʻlikўликوَيُخْرِجُva chiqarurва чиқарурٱلْمَيِّتَoʻlikniўликниمِنَ-dan-данٱلْحَىِّtirikтирикوَيُحْىِva tiriltirurва тирилтирурٱلْأَرْضَyerniерниبَعْدَkeyinкейинمَوْتِهَا ۚoʻlimidanўлимиданوَكَذَٰلِكَva shunga oʻxshashва шунга ўхшашتُخْرَجُونَchiqarilursizчиқарилурсиз
TafsirТафсир

Ushbu oyatda borliqda har doim takrorlanib turadigan holat ajoyib uslubda bayon qilinmoqda. Bu dunyoda doimiy ravishda oʻlikdan tirik, tirikdan oʻlik chiqib turadi. Har bir soniyada qandaydir oʻsimlik quriydi, boshqasi urugʻdan chiqadi. Kimdir oʻladi, kimdir tugʻiladi. Bu narsa yerda ham, koʻkda ham, suvda ham boʻlib turadi. Son-sanogʻiga yetib boʻlmaydigan ushbu jarayonlarning har birini Alloh taolo amalga oshiradi.

Ha,

«U oʻlikdan tirikni chiqarur va tirikdan oʻlikni chiqarur...»

Undan boshqa hech kim bu jarayonlarning birortasini boshqara bilmaydi. Shuningdek, Alloh:

«...yerni oʻlimidan keyin tiriltirur».

Suvsiz qaqrab yotgan yerning oʻlikdan hech qanday farqi yoʻq. Unda hayotning zarracha asari boʻlmaydi. Ammo, Alloh taolo amri bilan yomgʻir yogʻib oʻtganidan keyin, darhol, yerning tirilgani bilinadi. Hali oʻsimliklari oʻsmay turib ham, yer chuqur nafas olib, qimirlab, oʻziga kelayotganini payqash qiyin emas. Ha, oʻlib yotgan yerni Alloh taolo tiriltiradi. Undan boshqa hech kim bu ishni qila olmaydi.

«Shunga oʻxshash, siz ham chiqarilursiz.»

Yaʼni, oʻlib yotgan yer yomgʻirdan keyin tirilgani kabi, siz ham oʻlganingizdan keyin qayta tiriltirilib, qabringizdan chiqarilursiz. Bu ish oʻlib yotgan yerni yomgʻir ila tiriltirgan Alloh uchun juda ham osondir. Shunday ekan, oʻsha kunga hozirdan tayyorgarlik koʻravering.

Ha, atrofga ibrat koʻzi bilan qaragan kishi Alloh taoloning qudratiga, yagonaligiga, ibodatga sazovorligi, tadbirkorligi va boshqa barkamol sifatlariga dalolat qiluvchi juda koʻp oyat-belgilarni koʻradi.