وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦٓ أَنْ خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ إِذَآ أَنتُم بَشَرٌ تَنتَشِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizni tuproqdan yaratgani va so`ngra sizlar basharga aylanib tarqalishingiz Uning oyat-belgilaridandir.Сизни тупроқдан яратгани ва сўнгра сизлар башарга айланиб тарқалишингиз Унинг оят-белгиларидандир.Alauddin Mansour: (Allohning qudrati ilohiyyasiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlaridan (biri) — U zot sizlarni (yaʼni, otangiz Odamni) tuproqdan yaratgani, soʻngra sizlar basharga aylanib (Yer yuziga) taralishlaringizdir.(Аллоҳнинг қудрати илоҳийясига далолат қиладиган) оят-аломатларидан (бири) — У зот сизларни (яъни, отангиз Одамни) тупроқдан яратгани, сўнгра сизлар башарга айланиб (Ер юзига) таралишларингиздир.
Yer yuzida bashariyatning tarqalib yurishining oʻzi Allohning biru borligiga, barkamol sifatlar sohibi ekaniga yorqin dalildir. Insondek murakkab va ajoyibotlarga toʻla mavjudotni Allohdan oʻzga kim yaratadi?
Aslida, insonni Alloh taolo tuproqdan yaratgan. U zot oʻzining oʻlikni tiriltiruvchi sifati ila oʻlik tuproqdan tirik va murakkab insonni yaratgan.
Ha, inson deb atalmish bu ulkan moʻʼjizaning asli jonsiz tuproq edi. Alloh taolo cheksiz qudrati ila uni oʻsha tuproqdan yaratdi. Unga jon va boshqa narsalarni berdi. Allohdan boshqa hech kim insonga na jon va na boshqa biror aʼzo, hatto tirnoq yoki biror tuk ato qila olmaydi. Shuning oʻzi Alloh taoloning yagonaligiga, har bir narsaga qodirligiga ochiq-oydin dalil-hujjat, oyat-belgi emasmi?!