وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦٓ أَنْ خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًا لِّتَسْكُنُوٓا۟ إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُم مَّوَدَّةً وَرَحْمَةً ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o`zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qo`ygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.Ва сизларга сокинлик топишингиз учун ўзингиздан жуфтлар яратганлиги ва ораларингизда севги ва марҳаматни солиб қўйгани (ҳам) Унинг оят-белгиларидандир. Албатта, бунда тафаккур қиладиган қавмлар учун оят-белгилар бордир.Alauddin Mansour: Uning oyatlaridan (yana biri) U zot sizlar hamdam boʻlishlaringiz uchun oʻzlaringizdan juftlar yaratishi va oʻrtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Унинг оятларидан (яна бири) У зот сизлар ҳамдам бўлишларингиз учун ўзларингиздан жуфтлар яратиши ва ўрталарингизда ошнолик ва меҳр-муҳаббат пайдо қилишидир. Албатта бунда тафаккур қиладиган қавм учун оят-ибратлар бордир.
Insonni erkak-ayolga ajratib, juft yaratishining oʻzi Allohning biru borligi, barkamol sifatlar sohibi ekanining yorqin dalilidir. Doimo koʻraverilgach, unga eʼtibor berilmaydi, ammo eʼtibor ila tafakkur qilib koʻrilsa, insonning erkak va ayollik holati ulkan moʻʼjizadir.
Alloh taolo insonning oʻzidan unga juft yaratib berishni «sokinlik topishingiz uchun» demoqda. Darhaqiqat, erkak faqat ayoldangina sokinlik, orom, osoyishtalik va tinchlik topadi. Shuningdek, ayol oʻziga kerak sokinlikni erkakdan topadi.
«...va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qoʻygani...»
Alloh taoloning Oʻzi er bilan xotinning orasiga sevgi, mehr- muhabbat, rahim-shafqat solmasa, ular bir-birlarining baʼzi kamchiliklarini, qiyinchiliklarni koʻtara olarmidilar? Chidab, birga yasharmidilar?
Erkakning tanasini, aʼzolarini, ruhiyatini, hattoki eng kichik hujayralarigacha oʻziga xos qilib yaratgan kim? Ayolning tanasini, aʼzolarini, ruhiyatini, hattoki kichik hujayralarigacha oʻziga xos qilib yaratgan kim? Ha, ularni bir-biriga sokinlik, mehrmuhabbatli boʻladigan, oʻzaro kelishib dunyoni obod qiladigan etib yaratgan zot qudratli Alloh taolodir.
«Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.»