QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят22

وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦ خَلْقُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَـٰفُ أَلْسِنَتِكُمْ وَأَلْوَٰنِكُمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّلْعَـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Uning oyat-belgilaridan osmonlaru yerning yaratilishi va tillaringiz va ranglaringizning turlicha bo`lishidir. Albatta, bunda olimlar uchun oyat-belgilar bordir.Ва Унинг оят-белгиларидан осмонлару ернинг яратилиши ва тилларингиз ва рангларингизнинг турлича бўлишидир. Албатта, бунда олимлар учун оят-белгилар бордир.Alauddin Mansour: Uning oyatlaridan (yana biri) — U zot osmonlar va Yerni yaratishi va sizlarning tillaringiz va ranglaringizni xilma-xil qilib qoʻygandir. Albatta bunda barcha olamlar uchun oyat-ibratlar bordir.Унинг оятларидан (яна бири) — У зот осмонлар ва Ерни яратиши ва сизларнинг тилларингиз ва рангларингизни хилма-хил қилиб қўйгандир. Албатта бунда барча оламлар учун оят-ибратлар бордир.

406-sahifa · 21-juz · 41-hizb406-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنْva -dandirва -дандирءَايَـٰتِهِۦUning oyat-belgilariУнинг оят-белгилариخَلْقُyaratilishiяратилишиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarningосмонларнингوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَٱخْتِلَـٰفُva turlicha boʻlishiва турлича бўлишиأَلْسِنَتِكُمْtillaringizningтилларингизнингوَأَلْوَٰنِكُمْ ۚva ranglaringizningва рангларингизнингإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَـَٔايَـٰتٍۢoyat-belgilar bordirоят-белгилар бордирلِّلْعَـٰلِمِينَolimlar uchunолимлар учун
TafsirТафсир

Inson bolasi osmon ostida va yer ustida yashaydi-yu, bu makonlarning ulkanligi, murakkabligi, moʻʼjizalarga boy ekaniga eʼtibor bermaydi. Eʼtibor bersa ham, maʼlum qismini, maʼlum bir maqsad bilan oʻrganadi. Aslida, osmonlaru yerga chuqur tafakkur ila nazar solgan, ibrat koʻzi bilan qaragan odam Alloh taoloning biru borligiga, barkamol sifatlar sohibi ekaniga darhol ishonib yetadi. Shunchalik ulkan narsalar va uning ichidagi sonsiz-sanoqsiz nozik joylar oʻz-oʻzidan yaralmaganiga ishonch hosil qiladi.

«...va tillaringiz va ranglaringizning turlicha boʻlishidir.»

Shuningdek, inson bolasi oʻziga oʻxshagan odamlar bilan koʻrishadi, gaplashadi, lekin ilohiy qudrat tufayli ularning tillari va ranglari turlicha yaratilganiga eʼtibor bermaydi. Aslini olganda, bular ham ulkan moʻʼjizalardir.

«Albatta, bunda olimlar uchun oyat-belgilar bordir.»