وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦ مَنَامُكُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَٱبْتِغَآؤُكُم مِّن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَسْمَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Uning oyat-belgilaridan kechasi va kunduzi uxlashingiz hamda Uning fazlidan talab qilishingizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.Ва Унинг оят-белгиларидан кечаси ва кундузи ухлашингиз ҳамда Унинг фазлидан талаб қилишингиздир. Албатта, бунда эшитадиган қавм учун оят-белгилар бордир.Alauddin Mansour: Uning oyatlaridan (yana biri) — kechasi va kunduzi uxlashlaringiz hamda (kunduzlari) Uning fazlu marhamatidan (rizqu roʻz) istashlaringizdir. Albatta bunda anglaydigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Унинг оятларидан (яна бири) — кечаси ва кундузи ухлашларингиз ҳамда (кундузлари) Унинг фазлу марҳаматидан (ризқу рўз) исташларингиздир. Албатта бунда англайдиган қавм учун оят-ибратлар бордир.
Inson uyquni eʼtiborsiz oʻtkazib yuboradi. Uyqu oʻz holicha olib qaralganda, katta bir moʻʼjizadir. Uyquni olimlar turli yoʻllar bilan oʻrganib, koʻplab sirlarni kashf qildilar. Ammo hammasini kashf qila olmadilar.
«Va Uning oyat-belgilaridan kechasi va kunduzi uxlashingiz...…»
Uyqu Alloh taolo tomonidan bandaga berilgan ulugʻ neʼmat. Odam bolasining uyquga ehtiyoji juda kattadir. Buni bilish, anglab yetish uchun biror kun uyqusiz yurishning oʻzi yetadi. Olimlar taʼkidlashlaricha, inson ochlik va yana boshqa muhtojliklarga uzoq muddat bardosh berishi mumkin, ammo uyqusizlikka chiday olmas ekan. Uyqu inson uchun, uning hayoti uchun juda ham zarur omildir. Uning sir-asrorlari juda ham koʻp. Xullas, «uyqu» deb atalmish bu neʼmat ham Allohning biru borligiga yorqin oyat-belgidir.
«Uning fazlidan talab qilishingizdir.»
Shuningdek, inson uyqudan turib harakatga tushadi va Allohning fazlu karamidan rizqi roʻz talab qilishga kirishadi. Insonning yurish-turishi, hayot uchun harakat qilishi, oʻziga, oilasiga kerakli narsalarni topishga urinishi ham Allohning biru borligiga, barkamol sifatlar sohibi ekanligiga yorqin oyat-belgidir.
Uyqu va harakatning eshitishga bevosita aloqasi borligi uchun ham oyat oxirida:
«Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir», deyilmoqda.