وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦ يُرِيكُمُ ٱلْبَرْقَ خَوْفًا وَطَمَعًا وَيُنَزِّلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَيُحْىِۦ بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Uning oyatlaridan sizga qo`rquv va umid uchun chaqmoqni ko`rsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o`lgandan keyin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.Ва Унинг оятларидан сизга қўрқув ва умид учун чақмоқни кўрсатур ва осмондан сувни нозил қилади-да, у билан ерни ўлгандан кейин тирилтирур. Албатта, бунда ақл юритадиган қавм учун оят-белгилар бордир.Alauddin Mansour: Uning oyatlaridan (yana biri) — U zot sizlarga (momaqaldiroqdan) qoʻrqqan va (yomgʻir yogʻishidan) umidvor boʻlgan holingizda chaqmoqni koʻrgizur va osmondan suv-yomgʻir yogʻdirib, uning yordamida yerni, oʻlganidan soʻng tiriltirur. Albatta bunda aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Унинг оятларидан (яна бири) — У зот сизларга (момақалдироқдан) қўрққан ва (ёмғир ёғишидан) умидвор бўлган ҳолингизда чақмоқни кўргизур ва осмондан сув-ёмғир ёғдириб, унинг ёрдамида ерни, ўлганидан сўнг тирилтирур. Албатта бунда ақл юргизадиган қавм учун оят-ибратлар бордир.
Chaqmoqdan hamma qoʻrqadi. Yilning maʼlum mavsumida yuz beradigan bu hodisa doimo inson qalbiga taʼsirini oʻtkazadi. Lekin chaqmoqdan umid qilish haqida oʻylagan odam kam boʻlsa kerak. Baʼzi ulamolarimiz ushbu oyatga chaqmoqdan qoʻrqish, uning ortidan keladigan yomgʻirdan umid qilish, maʼnosini berganlar. Olimlar kashf qilishlaricha, chaqmoq chaqqanda havoni kuydirishi natijasida oʻsimliklar uchun oʻta foydali oʻgʻit–azot paydo boʻlar ekan. Ana oʻsha modda yomgʻir ila yerga tushib oʻsimliklarning oʻsishiga, hosil berishiga omil boʻlar ekan. Demak, xavf va umid chaqmoqqa bogʻliq ekan.
«...va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni oʻlgandan keyin tiriltirur.»
Buni kerakligicha fahmlab yetish uchun qurgʻoqchilik boʻlgan yurtlarni koʻrish kerak. Alloh taolo yomgʻir yogʻdirmay qoʻygan yurtlarda yer oʻlib, oʻsimliklar, buloq va quduqlar qurib, hayvonlar va odamlar qirilib, hamma tomondan halokatga ketish asarlari koʻriladi. Shunday joyga Alloh taolo yomgʻir yogʻdirgan paytdagi holatni ham bir kuzatish kerak. Ana shunda Allohning qudratiga qoyil qolinadi.
Chaqmoq, yomgʻir va unga tegishli hodisalar faqat Alloh qila oladigan ishlar, xolos. U zotdan boshqa hech kim bunga qodir emas.
«Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.»