QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят25

وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦٓ أَن تَقُومَ ٱلسَّمَآءُ وَٱلْأَرْضُ بِأَمْرِهِۦ ۚ ثُمَّ إِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةً مِّنَ ٱلْأَرْضِ إِذَآ أَنتُمْ تَخْرُجُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning oyat-belgilaridan, osmonlaru yer Uning amri ila turishidir. So`ngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar.Унинг оят-белгиларидан, осмонлару ер Унинг амри ила туришидир. Сўнгра сизларни бир бор чақирса, ердан ҳаммангиз бирдан чиқарсизлар.Alauddin Mansour: Uning oyatlaridan (yana biri) — osmon va Yer U zotning amri bilan (fazoda muallaq) turishidir. Soʻngra (Qiyomat qoyim boʻlganida) U sizlarni (yotgan) yerlaringizdan bir bor chaqirishi bilan barchangiz birdan (hisob-kitob uchun) chiqarsizlar.Унинг оятларидан (яна бири) — осмон ва Ер У зотнинг амри билан (фазода муаллақ) туришидир. Сўнгра (Қиёмат қойим бўлганида) У сизларни (ётган) ерларингиздан бир бор чақириши билан барчангиз бирдан (ҳисоб-китоб учун) чиқарсизлар.

407-sahifa · 21-juz · 41-hizb407-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنْva -dandirва -дандирءَايَـٰتِهِۦٓUning oyat-belgilariУнинг оят-белгилариأَنshukiшукиتَقُومَturishiтуришиٱلسَّمَآءُosmonningосмоннингوَٱلْأَرْضُva yerningва ернингبِأَمْرِهِۦ ۚUning amri ilaУнинг амри илаثُمَّsoʻngraсўнграإِذَاqachonkiқачонкиدَعَاكُمْsizni chaqirsaсизни чақирсаدَعْوَةًۭbir bor chaqiriq ilaбир бор чақириқ илаمِّنَ-dan-данٱلْأَرْضِyerерإِذَآshundaшундаأَنتُمْsizlarсизларتَخْرُجُونَchiqarsizlarчиқарсизлар
TafsirТафсир

Bu oyati karimada qisqagina soʻzlar bilan ulkan haqiqat ifodalanmoqda. Osmonlaru yerni kim tutib turibdi? Nima uchun ular joyidan qoʻzgʻalib ketmayapti? Oʻzaro tortishish kuchi ushlab turibdimi? Xoʻp, oʻsha oʻzaro tortishish kuchini kim paydo qilgan? Yoki boshqa yana biror bahona topilarmikan? Topilsa-topilar, ammo hammasi Allohga borib taqalishi turgan gap. Demak, osmonlaru yerning qoim turishining oʻzi Allohning biru borligiga, barkamol sifatlar sohibi ekaniga oyat-belgidir.

Ana shunday ulkan jismlar va cheksiz koinotni tasarrufida ushlab turgan Zot:

«Soʻngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar».

Yaʼni, soʻngra vaqti-soati kelib qiyomat qoim boʻlganida, Alloh taolo sizlarni bir marta chaqirsa, bas, koʻmilib yotgan yeringizdan hammangiz birdan chiqasizlar. Bunga hech qanday shak-shubha yoʻq. Oʻsha kunga hozirdan tayyorgarlik koʻraveringlar.