بَلِ ٱتَّبَعَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ أَهْوَآءَهُم بِغَيْرِ عِلْمٍ ۖ فَمَن يَهْدِى مَنْ أَضَلَّ ٱللَّهُ ۖ وَمَا لَهُم مِّن نَّـٰصِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q!!! Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos. Alloh zalolatga solgan kimsani kim hidoyatga sola olardi?! Va ularga nusrat berguvchilar bo`lmas.Йўқ!!! Зулм қилганлар илмсиз равишда ҳавойи нафсларига эргашдилар, холос. Аллоҳ залолатга солган кимсани ким ҳидоятга сола оларди?! Ва уларга нусрат бергувчилар бўлмас.Alauddin Mansour: Yoʻq, zolim kimsalar biron bilim-hujjatsiz havoi nafslariga egrashib (Allohga shirk keltirdilar). Bas, Alloh yoʻldan ozdirgan kimsani kim hidoyat qila olur?! (Hech kim hidoyat qila olmas) va ular uchun (Oxiratda) yordam berguvchilar ham boʻlmas.Йўқ, золим кимсалар бирон билим-ҳужжатсиз ҳавои нафсларига эграшиб (Аллоҳга ширк келтирдилар). Бас, Аллоҳ йўлдан оздирган кимсани ким ҳидоят қила олур?! (Ҳеч ким ҳидоят қила олмас) ва улар учун (Охиратда) ёрдам бергувчилар ҳам бўлмас.
Alloh taolo ushbu oyati karimani avvalgi oyati karimadagi mushriklarning vasfida kelgan maʼnoni rad qilish bilan boshlab:
«Yoʻq!!!» demoqda va undan soʻng mushriklarning xatosini bayon qilishga kirishmoqda.
Mushriklikning asosiy sababi shulki:
«Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos».
Agar ilmni ishlatib, havoyi nafsga ergashmaganlarida Allohga shirk keltirmas edilar. Lekin ular «ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar». Natijada mushrik boʻlib, ulkan zulm sodir etdilar. Havoyi nafslariga ergashib, zulm qilganlari uchun Alloh ularni zalolatga giriftor etdi.
«Alloh zalolatga solgan kimsani kim hidoyatga sola olardi?!»
Hech kim sola olmaydi. Albatta, undoq kimsa bu dunyodan adashgan holida oʻtadi.
«Va ularga nusrat berguvchilar boʻlmas.»
Allohning qahriga uchragan kimsaga kim ham nusrat beruvchi boʻla olardi?
Shu oʻrinda Alloh taolo havoyi nafsiga ergashganlarni qoʻyib, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qiladi:
Ey Paygʻambar!