ضَرَبَ لَكُم مَّثَلًا مِّنْ أَنفُسِكُمْ ۖ هَل لَّكُم مِّن مَّا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُكُم مِّن شُرَكَآءَ فِى مَا رَزَقْنَـٰكُمْ فَأَنتُمْ فِيهِ سَوَآءٌ تَخَافُونَهُمْ كَخِيفَتِكُمْ أَنفُسَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizga o`zingizdan misol keltirdi. Sizlarning qo`lingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng bo`lib, ular(haqi)da ham o`z(haq)ingizda qo`rqqaningizdek qo`rqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz.У сизга ўзингиздан мисол келтирди. Сизларнинг қўлингиздаги(қулларингиз)дан Биз сизга ризқ қилиб берган нарсада шерикларингиз бор-у, сизлар у(ризқ)да тенг бўлиб, улар(ҳақи)да ҳам ўз(ҳақ)ингизда қўрққанингиздек қўрқасизми?! Ақл юритадиган қавмлар учун оятларни ана шундай муфассал қилиб борурмиз.Alauddin Mansour: (Alloh) sizlarga oʻzlaringizdan bir misol keltirur: sizlar uchun qoʻllaringizdagi qullaringizdan Biz sizlarga rizq qilib bergan molu-mulkka sherik boʻlib olguvchilar bormi, bas, sizlar (mol-mulkingizni tasarruf qilishda u qullaringiz bilan) barobar boʻlib, ulardan ham oʻzlaringizdan qoʻrqqanday qoʻrqurmisizlar? Aql yurgizadigan qavm uchun oyatlarni mana shunday bayon qilurmiz.(Аллоҳ) сизларга ўзларингиздан бир мисол келтирур: сизлар учун қўлларингиздаги қулларингиздан Биз сизларга ризқ қилиб берган молу-мулкка шерик бўлиб олгувчилар борми, бас, сизлар (мол-мулкингизни тасарруф қилишда у қулларингиз билан) баробар бўлиб, улардан ҳам ўзларингиздан қўрққандай қўрқурмисизлар? Ақл юргизадиган қавм учун оятларни мана шундай баён қилурмиз.
Bu oyati karimadagi misol Alloh taologa shirk keltirib, farishtalar, jinlar, odamlar hayvonlar, butu sanamlar yoki baʼzi tabiatdagi narsalarni xudo sanayotgan mushriklar uchun keltirilgan. Alloh taolo mushriklarga xabar berib:
«U sizga oʻzingizdan misol keltirdi», deydi.
Yaʼni, ey mushriklar, Alloh taolo sizga boshqa narsalardan emas, oʻzingizdan misol keltirdi.
«Sizlarning qoʻlingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u...»
Biz rizq qilib bergan neʼmatga qulingiz ham sizga sherik boʻlishini xohlaysizmi? Yoʻq. U qulni mazkur molu mulkingizning bir qismi hisoblaysiz. Uning mol-mulkingizdan chiqib ketishini ham xohlamaysiz. Alloh bergan rizqqa oʻz qulingiz sherik boʻlishini xohlamas ekansiz, qanday qilib Allohga Uning Oʻzi yaratgan maxluqotlarini sheriklikka ravo koʻrasiz?
Sherik boʻlish oson boʻlibdimi? Buni tushunish uchun misolning davomini koʻraylik.
«...sizlar u(rizq)da teng boʻlib, ular(haqi)da ham oʻz(haq)ingizda qoʻrqqaningizdek qoʻrqasizmi?!
Yaʼni, Alloh bergan rizqqa qulingiz siz bilan barobar ega boʻlishi mumkinmi? Siz oʻz haqqingiz zoye boʻlishidan qoʻrqqaningiz kabi, uning haqqi zoye ketishidan ham qoʻrqishingiz mumkinmi? Hech mumkin emas.
Shunday ekan, nima uchun Alloh taologa Uning Oʻzi yaratgan maxluqotlarni sherik qilasiz?
«Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz.»
Ushbu tafsilotlarni toʻgʻri tushungan odamlar Allohga shirk keltirishning asosiy sababini anglab oladilar.