وَهُوَ ٱلَّذِى يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ وَهُوَ أَهْوَنُ عَلَيْهِ ۚ وَلَهُ ٱلْمَثَلُ ٱلْأَعْلَىٰ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, bu Unga juda osondir. Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir. U aziyz va hakiym Zotdir.У махлуқотни йўқдан бор қилур, сўнгра уни яна қайтадан вужудга келтирур, бу Унга жуда осондир. Осмонлару ердаги энг олий васф Уникидир. У азийз ва ҳакийм Зотдир.Alauddin Mansour: U avval boshda Oʻzi yaratib, soʻngra (Qiyomat Kunida) Oʻzi yana qayta yaratadigan Zotdir. (Qayta yaratish — tiriltirish) U zotga juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng yuksak xislat (yaʼni, Tengsiz — Yagonalik xislati) Unikidir. U qudrat va hikmat Egasidir.У аввал бошда Ўзи яратиб, сўнгра (Қиёмат Кунида) Ўзи яна қайта яратадиган Зотдир. (Қайта яратиш — тирилтириш) У зотга жуда осондир. Осмонлар ва Ердаги энг юксак хислат (яъни, Тенгсиз — Ягоналик хислати) Уникидир. У қудрат ва ҳикмат Эгасидир.
Alloh taolo barcha maxluqotlarni yoʻqdan bor qilib yaratgan zotdir. Qiyomat kunida ularni qaytadan tiriltiruvchi ham Uning Oʻzidir. Yoʻqdan bor qiluvchi uchun borni qaytadan vujudga keltirish qiyin emasdir.
«Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir.»
Alloh osmonlaru yerda Oʻzining oliy va barkamol sifatlariga ega. Uning sifatlariga birov sherik boʻla olmaydi, yaqin ham kela olmaydi. U oʻxshashi yoʻq zotdir. Uning Oʻzi barcha sifatlarida yakkayu yolgʻizdir.
«U aziz va hakiym zotdir».
Alloh barchadan gʻolib–ustin va har bir narsani hikmat bilan qiluvchi zotdir.