QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят31

۞ مُنِيبِينَ إِلَيْهِ وَٱتَّقُوهُ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَلَا تَكُونُوا۟ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Har bir narsada) Unga qaytguvchi bo`laroq, Unga taqvo qiling, namozni to`kis ado eting va mushriklardan bo`lmang.(Ҳар бир нарсада) Унга қайтгувчи бўлароқ, Унга тақво қилинг, намозни тўкис адо этинг ва мушриклардан бўлманг.Alauddin Mansour: (Allohga) qaytguvchi boʻlgan hollaringizda (Uning dinini mahkam tutinglar) va U zotdan qoʻrqinglar hamda namozni toʻkis ado qilinglar! Mushriklardan boʻlmanglar!(Аллоҳга) қайтгувчи бўлган ҳолларингизда (Унинг динини маҳкам тутинглар) ва У зотдан қўрқинглар ҳамда намозни тўкис адо қилинглар! Мушриклардан бўлманглар!

407-sahifa · 21-juz · 41-hizb407-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ مُنِيبِينَqaytguvchi boʻlaroqқайтгувчи бўлароқإِلَيْهِUngaУнгаوَٱتَّقُوهُva U zotga taqvo qilingва У зотга тақво қилингوَأَقِيمُوا۟va toʻkis ado etingва тўкис адо этингٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَلَاva emasва эмасتَكُونُوا۟boʻlmangбўлмангمِنَ-dan-данٱلْمُشْرِكِينَmushriklarмушриклар
TafsirТафсир

Yaʼni, Allohning diniga yuz tutganingizda, har bir narsada Allohga qaytuvchi boʻling. Har bir amalni faqat Uning amriga mos qiling. «...Unga taqvo qiling...» Taqvo ham Allohga qaytishlikning bir turi. «...namozni toʻkis ado eting...» Bu ham ixlos bilan Allohga qaytishning bir koʻrinishidir. «...va mushriklardan boʻlmang.» Keyingi oyatda oʻsha mushriklarning vasfi keladi: