مِنَ ٱلَّذِينَ فَرَّقُوا۟ دِينَهُمْ وَكَانُوا۟ شِيَعًا ۖ كُلُّ حِزْبٍۭ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh bo`lib olib, har bir firqa o`z oldidagi narsadan shod bo`lganlardan (bo`lmang).Динларида тафриқага тушган, гуруҳ-гуруҳ бўлиб олиб, ҳар бир фирқа ўз олдидаги нарсадан шод бўлганлардан (бўлманг).Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, mushriklar) dinlarini boʻlib, firqa-firqa boʻlib olgandirlar. Har bir firqa oʻz oldilaridagi narsa bilan xursanddirlar.Улар (яъни, мушриклар) динларини бўлиб, фирқа-фирқа бўлиб олгандирлар. Ҳар бир фирқа ўз олдиларидаги нарса билан хурсанддирлар.
Garchi shirk, mushriklikning bir maʼnosi Allohga sherik keltirish boʻlsa-da, dunyoda mushriklikdan koʻp narsa boʻlmasa kerak. Chunki, mushriklar dinlarida firqalanib ketgan. Bir guruhi Allohga but-sanamni sherik qilsa, ikkinchisi farishtalarni, uchinchisi Alloh Oʻzi yuborgan Paygʻambarni, toʻrtinchisi quyosh, oy, yulduzni, beshinchisi biror hayvonni, oltinchisi qabr toshlarni, yettinchisi jinlarni, sakkizinchisi ota-bobosini, toʻqqizinchisi podshohini, oʻninchisi togʻu tosh, dov-daraxtni va yana allaqanday narsalarni Allohga sherik keltiradilar.
Ular ham oʻz navbatida yana alohida firqalarga ajraladi. Alloh taolo musulmonlarni shular kabi tafriqaga tushmaslikka, «har bir firqa oʻz oldidagi narsadan shod boʻlganlardan» boʻlmaslikka amr qilmoqda.
Kelgusi oyatlarda, ushbu eng toʻgʻri dinga–Islomga kirmaganlarning hollari qanday oʻzgarib, subutsiz boʻlishi bayon qilinadi: