وَإِذَا مَسَّ ٱلنَّاسَ ضُرٌّ دَعَوْا۟ رَبَّهُم مُّنِيبِينَ إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَآ أَذَاقَهُم مِّنْهُ رَحْمَةً إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُم بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachon odamlarga zarar yetsa, Robbilarining O`zigagina qaytib, duo qilurlar. So`ngra U ularga O`zidan rahmat tottirganda, ko`ribsanki, ulardan ba'zi guruhlari Robbilariga shirk keltirurlar.Қачон одамларга зарар етса, Роббиларининг Ўзигагина қайтиб, дуо қилурлар. Сўнгра У уларга Ўзидан раҳмат тоттирганда, кўрибсанки, улардан баъзи гуруҳлари Роббиларига ширк келтирурлар.Alauddin Mansour: Qachon (dinsiz) odamlarga biron ziyon yetsa, Parvardigorlariga qaytib, Unga iltijo qilurlar, soʻngra qachon (Alloh) ularga Oʻz tomonidan biron marhamat totdirib qoʻysa, banogoh ulardan bir guruhi Parvardigorlariga shirk keltira boshlar.Қачон (динсиз) одамларга бирон зиён етса, Парвардигорларига қайтиб, Унга илтижо қилурлар, сўнгра қачон (Аллоҳ) уларга Ўз томонидан бирон марҳамат тотдириб қўйса, баногоҳ улардан бир гуруҳи Парвардигорларига ширк келтира бошлар.
Sobit iymon egasi boʻlmagan odamning holi aniq shunday boʻladi. Bu toifa odamlar sharoitga qarab oʻzgarib turadilar. Ularda subut boʻlmaydi.
«Qachon odamlarga zarar yetsa, Robbilarining Oʻzigagina qaytib, duo qilurlar.»
Boshiga ogʻir kulfat tushsa, har qanday kofir ham Allohga iltijo qiladi. Bu hol qayta-qayta tajribadan oʻtgan haqiqatdir. Har qanday odamning ham ishi yurishmaganda, Alloh esiga tushib qoladi. Xudoyi atab, mushkuli kushod boʻlishini soʻrab iltijo etadi. Shuningdek, butun boshli xalq, el-yurtlar hayotida ham bu holat yaqqol seziladi. Turli tabiiy ofatlar, urushlar yoki boshqa qiyinchiliklarga duchor boʻlgan xalqlar va davlatlar dinga qaytib, xudoga yolvorib qolishi hammaga maʼlum va mashhur. Hatto, umr boʻyi peshonasi sajda koʻrmagan podshohlar ham oʻzlarini xudojoʻy qilib koʻrsatishga urinib qolishadi. Bu oʻzicha yaxshi narsa. Zararga duchor boʻlganda oʻzini oʻnglab, tavba qilib, xudojoʻy boʻlib ketishlikning yomon joyi yoʻq. Ammo afsuslanarlisi shundaki:
«Soʻngra, U ularga Oʻzidan rahmat tottirganda, koʻribsanki, ulardan baʼzi guruhlari Robbilariga shirk keltirurlar».
Sobit aqiydaga ega boʻlmagan bunday odamlar boshlaridan musiybat koʻtarilsa, avvalgi holatlari yodlaridan chiqadi. Yana Allohga shirk keltirib, kufr va nifoq yoʻliga oʻtadilar.