QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят34

لِيَكْفُرُوا۟ بِمَآ ءَاتَيْنَـٰهُمْ ۚ فَتَمَتَّعُوا۟ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularga bergan narsaga kufr keltiraversinlar! Bas, huzurlanavering! Yaqinda bilasizlar!Биз уларга берган нарсага куфр келтираверсинлар! Бас, ҳузурланаверинг! Яқинда биласизлар!Alauddin Mansour: Ular Biz ato etgan neʼmatlarga noshukurlik qilaversinlar! Bas, (ey mushriklar), foydalanib qolinglar! Hali yaqinda (bu qilmishlaringizning oqibatini) bilib olursizlar!Улар Биз ато этган неъматларга ношукурлик қилаверсинлар! Бас, (эй мушриклар), фойдаланиб қолинглар! Ҳали яқинда (бу қилмишларингизнинг оқибатини) билиб олурсизлар!

408-sahifa · 21-juz · 41-hizb408-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِيَكْفُرُوا۟kufr keltiraversinlarкуфр келтираверсинларبِمَآnarsagaнарсагаءَاتَيْنَـٰهُمْ ۚBiz ularga berganБиз уларга берганفَتَمَتَّعُوا۟bas, huzurlanaveringбас, ҳузурланаверингفَسَوْفَyaqindaяқиндаتَعْلَمُونَbilasizlarбиласизлар
TafsirТафсир

Bu oyatdagi amrlar tahdidni anglatadi. Yaʼni, Alloh Oʻz neʼmati ila ularning boshiga tushgan zararni koʻtarsa, Unga shukr etib, yanada koʻproq ibodat qilish oʻrniga, shirk keltirishlari oʻta nonkoʻrlik va kufroni neʼmatdir. Ana shunga ishoratan oyatda achitib: «Biz ularga bergan narsaga kufr keltiraversinlar!» deyilmoqda. Oyat davomida tahdid yana ham kuchaytirilib, ularga bevosita xitob qilinadi: «Bas, huzurlanavering!» Yaʼni, havoyi nafsingizga ergashib, bu dunyo matohi ila huzurlanaveringlar! «Yaqinda bilasizlar!» Qilayotgan ishingiz qanday oqibatlarga olib kelishini. Bu odamlar nima uchun boshlariga musiybat tushganda, Allohga yolvorib, Allohdan rahmat totganlarida, Unga shirk keltiradilar?