QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят39

وَمَآ ءَاتَيْتُم مِّن رِّبًا لِّيَرْبُوَا۟ فِىٓ أَمْوَٰلِ ٱلنَّاسِ فَلَا يَرْبُوا۟ عِندَ ٱللَّهِ ۖ وَمَآ ءَاتَيْتُم مِّن زَكَوٰةٍ تُرِيدُونَ وَجْهَ ٱللَّهِ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُضْعِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlar mollari ichida ziyoda bo`lsin deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda bo`lmas. Allohning yuzini ko`zlab bergan zakotingiz esa, bas, ana o`shalar bir necha barobar qilib olguvchilardir.Одамлар моллари ичида зиёда бўлсин деб рибо учун берган молингиз Аллоҳ ҳузурида зиёда бўлмас. Аллоҳнинг юзини кўзлаб берган закотингиз эса, бас, ана ўшалар бир неча баробар қилиб олгувчилардир.Alauddin Mansour: Sizlar odamlarning mollari ichida ziyoda boʻlib (qaytishi) uchun bergan sudxoʻrlik-foydaxoʻrlikdan iborat boʻlgan pul-mollaringiz (yaʼni, sovgʻa-salomlaringiz) Alloh nazdida ziyoda (savob) olishingizga sabab boʻlmas. Allohning Yuzini — roziligini istab ato etgan zakotlaringiz — ana oʻsha (zakot berguvchi kishilar ajru-savoblarini) bir necha barobar qilib olguvchilardir.Сизлар одамларнинг моллари ичида зиёда бўлиб (қайтиши) учун берган судхўрлик-фойдахўрликдан иборат бўлган пул-молларингиз (яъни, совға-саломларингиз) Аллоҳ наздида зиёда (савоб) олишингизга сабаб бўлмас. Аллоҳнинг Юзини — розилигини истаб ато этган закотларингиз — ана ўша (закот бергувчи кишилар ажру-савобларини) бир неча баробар қилиб олгувчилардир.

408-sahifa · 21-juz · 41-hizb408-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَآva narsaва нарсаءَاتَيْتُمsiz berganсиз берганمِّن-dan-данرِّبًۭاriboрибоلِّيَرْبُوَا۟ziyoda boʻlsin debзиёда бўлсин дебفِىٓichidaичидаأَمْوَٰلِmollariмоллариٱلنَّاسِodamlarningодамларнингفَلَاbas, emasбас, эмасيَرْبُوا۟ziyoda boʻlmasзиёда бўлмасعِندَhuzuridaҳузуридаٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингوَمَآva narsaва нарсаءَاتَيْتُمsiz berganсиз берганمِّن-dan-данزَكَوٰةٍۢzakotзакотتُرِيدُونَkoʻzlabкўзлабوَجْهَyuziniюзиниٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларهُمُularуларٱلْمُضْعِفُونَbir necha barobar olguvchilardirбир неча баробар олгувчилардир
TafsirТафсир

«Ribo» oʻzbek tilida «sudxoʻrlik» deb yuritiladi. Ribo bir odam ikkinchisiga maʼlum muddatga maʼlum miqdor pulni ustiga foiz qoʻyib qaytarish sharti ila berishidir. Bunda pul egasi hech qanday mehnatsiz, faqat pul berib turgani uchungina tekin foyda koʻradi. Pul oluvchi esa, foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼinazar, belgilangan muddatda kelishilgan foizni qoʻshib pulni egasiga qaytarishi lozim. Bu narsa Islomda harom qilingan. Ribo orqali odamlar pullarini ziyoda qilishni istaydilar. Ammo Qurʼoni Karim bu haqda boshqacha hukm aytmoqda:

«Odamlar mollari ichida ziyoda boʻlsin deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda boʻlmas».

Alloh taolo riboni harom qilgan, harom narsa qancha koʻp boʻlsa ham, ziyoda boʻlmaydi. Shuningdek, riboda savob ham yoʻq. Balki gunoh bor.

«Allohning yuzini koʻzlab bergan zakotingiz esa...»

«Zakot» soʻzi oʻzbek tilida «pokiza» va «ziyoda» maʼnolarini anglatadi. Darhaqiqat, zakoti berilgan mol pokizalanadi va Alloh bergan baraka ila ziyoda ham boʻladi. Oʻsha zakot bergan odamlar:

«...bas, ana oʻshalar bir necha barobar qilib olguvchilardir».

Shuning uchun, ribo yoʻliga emas, zakot yoʻliga yurish kerak.

Keyingi oyatda rizqi roʻz masalasi eʼtiqod va shirk masalasiga bogʻlab muolaja qilinadi: