ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ ثُمَّ رَزَقَكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ۖ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَفْعَلُ مِن ذَٰلِكُم مِّن شَىْءٍ ۚ سُبْحَـٰنَهُۥ وَتَعَـٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarni xalq qilgan, so`ngra rizqlantirgan, keyin o`ldiradigan va yana tiriltiradigan zot Allohdir. Sizning (Allohga keltirgan) sheriklaringizdan kim ana shularingizdan birortasini qila oladir?! U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy bo`ldi.Сизларни халқ қилган, сўнгра ризқлантирган, кейин ўлдирадиган ва яна тирилтирадиган зот Аллоҳдир. Сизнинг (Аллоҳга келтирган) шерикларингиздан ким ана шуларингиздан бирортасини қила оладир?! У зот улар ширк келтираётган нарсалардан пок ва олий бўлди.Alauddin Mansour: Alloh sizlarni yaratgan, soʻngra rizqu roʻzingizni bergan, soʻngra joningizni oladigan, soʻngra sizlarga (qayta) hayot beradigan Zotdir. Sizlar (sigʻinayotgan) butlaringiz orasida mana shularning birontasini qila oladigan kimsa bormi?! (Alloh) ularning shirklaridan pok va yuksakdir.Аллоҳ сизларни яратган, сўнгра ризқу рўзингизни берган, сўнгра жонингизни оладиган, сўнгра сизларга (қайта) ҳаёт берадиган Зотдир. Сизлар (сиғинаётган) бутларингиз орасида мана шуларнинг биронтасини қила оладиган кимса борми?! (Аллоҳ) уларнинг ширкларидан пок ва юксакдир.
Darhaqiqat, Allohga shirk keltirayotgan mushriklarning oʻzlarini yoʻqdan bor qilib yaratgan kim? Alloh! Ular Allohga sherik deb eʼtiqod qilayotgan soxta xudolari ularni yarata oladilarmi? Yoʻq! Ularga rizq bergan kim? Alloh! Soxta xudolari ularga rizq bera oladimi? Yoʻq! Ularning jonini olib, oʻldiradigan kim? Alloh! Soxta xudolari birovning jonini ola biladimi? Yoʻq! Ularni qiyomatda qayta tiriltiradigan kim? Alloh! Soxta xudolari biror kishini qayta tiriltira oladimi? Yoʻq!
Shunday ekan, nima uchun yolgʻiz Allohga ibodat qilmay, Unga shirk keltiradilar?
«U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy boʻldi.»
Johil va havoyi nafsiga ergashgan odamlarning buzuq eʼtiqodi va notoʻgʻri tasavvuri ila zotan munazzah Allohda noloyiq sifat paydo boʻlmaydi yoki Alloh taoloning oliy maqomi pasayib qolmaydi.
Aksincha, buzuq aqiyda va notoʻgʻri tasavvurlar oʻz egalariga zarar qiladi, yer yuzida turli buzgʻunchiliklar kelib chiqishiga sabab boʻladi.