QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят41

ظَهَرَ ٱلْفَسَادُ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِى ٱلنَّاسِ لِيُذِيقَهُم بَعْضَ ٱلَّذِى عَمِلُوا۟ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qilgan amallarining ba'zisini tottirish uchun, odamlar qo`llari kasb qilgan narsalar tufayli quruqlikdayu dengizda fasod zohir bo`ldi. Shoyadki, ular qaytsalar.Қилган амалларининг баъзисини тоттириш учун, одамлар қўллари касб қилган нарсалар туфайли қуруқликдаю денгизда фасод зоҳир бўлди. Шоядки, улар қайтсалар.Alauddin Mansour: Odamlarning oʻzlari qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli) ofat-balolar yuz berdi. (Bu balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh-maʼsiyatlaridan) qaytishlari uchun, ularga qilgan ayrim gunohlarining (jazosini) totdirib qoʻyish uchundir.Одамларнинг ўзлари қилган қилмишлари сабабли қуруқликда ҳам, денгизда ҳам (турли) офат-балолар юз берди. (Бу бало ва офатлар одамлар қилаётган гуноҳ-маъсиятларидан) қайтишлари учун, уларга қилган айрим гуноҳларининг (жазосини) тотдириб қўйиш учундир.

408-sahifa · 21-juz · 41-hizb408-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ظَهَرَzohir boʻldiзоҳир бўлдиٱلْفَسَادُfasodфасодفِى-da-даٱلْبَرِّquruqlikқуруқликوَٱلْبَحْرِva dengizdaва денгиздаبِمَاnarsalar tufayliнарсалар туфайлиكَسَبَتْkasb qilganкасб қилганأَيْدِىqoʻllariқўллариٱلنَّاسِodamlarningодамларнингلِيُذِيقَهُمularga tottirish uchunуларга тоттириш учунبَعْضَbaʼzisiniбаъзисиниٱلَّذِىoʻsha narsaningўша нарсанингعَمِلُوا۟ular qilganулар қилганلَعَلَّهُمْshoyadki ularшоядки уларيَرْجِعُونَqaytsalarқайтсалар
TafsirТафсир

Odamlardagi buzuq eʼtiqod va tasavvurlardan fisqu fasod kelib chiqadi. Bu esa, oʻz navbatida, quruqlikdayu dengizda buzgʻunchilik ustun kelishiga sabab boʻladi. Odamlar qilgan gunohlar va fisqu fasod oʻzlarining boshlariga balo-ofat keltiradi. Bu musiybatlar ularga tanbeh boʻlishi, zalolatdan hidoyatga, notoʻgʻri yoʻldan toʻgʻrisiga qaytishlariga sabab boʻlishi kerak.

Ha, odamlar boshlariga tushayotgan balo-ofatlardan ibrat olsinlar, vaqtida Alloh taologa qaytsinlar.

Yana boshqa tomondan ibrat olishlari uchun, ey Paygʻambar, ularga: