لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ مِن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni O`z fazli ila mukofotlashi uchundir. Albatta, U kofirlarni sevmas.У зот иймон келтирган ва яхши амалларни қилганларни Ўз фазли ила мукофотлаши учундир. Албатта, У кофирларни севмас.Alauddin Mansour: Zero, (Alloh) iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni Oʻz fazlu-karamidan mukofotlar. Darhaqiqat, U zot kofirlarni suymas.Зеро, (Аллоҳ) иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларни Ўз фазлу-карамидан мукофотлар. Дарҳақиқат, У зот кофирларни суймас.
Banda har qancha yaxshi amal qilgan chogʻida ham, Allohning shukrini joyiga keltira olmaydi va jannatga haqdor boʻla bilmaydi. Unga bu maqomni Alloh taolo Oʻz fazli-marhamati ila ato qiladi. Ha, «U zot iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni Oʻz fazli ila mukofotlashi uchundir». Chunki, U moʻmin boʻlib yaxshi amallar etgan bandalarni sevadi. «Albatta, U kofirlarni sevmas.» Keyingi oyatlarda Alloh taoloning fazli-marhamatiga bogʻliq baʼzi oyat-belgilar haqida soʻz ketadi: