QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят46

وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦٓ أَن يُرْسِلَ ٱلرِّيَاحَ مُبَشِّرَٰتٍ وَلِيُذِيقَكُم مِّن رَّحْمَتِهِۦ وَلِتَجْرِىَ ٱلْفُلْكُ بِأَمْرِهِۦ وَلِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Uning oyat-belgilaridan sizga O`z rahmatidan tottirish uchun, O`z amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir. Shoyadki, shukr qilsangiz.Ва Унинг оят-белгиларидан сизга Ўз раҳматидан тоттириш учун, Ўз амри ила кемаларни юрдириш учун ва Унинг фазлидан (ризқ) талаб қилишингиз учун шамолларни хушхабарчи қилиб юборишидир. Шоядки, шукр қилсангиз.Alauddin Mansour: (Allohning qudrati ilohiyyasiga dalolat qiladigan) oyatlaridan (biri) (yomgʻir haqida) xushxabar eltguvchi boʻlgan shamollarni yuborishidir. (Alloh) sizlarga Oʻz rahmati-yomgʻiridan totdirish uchun va (dengizdagi) kemalar Uning amri bilan joriy boʻlishi hamda sizlar (u kemalarda) Uning fazlu-marhamatidan (rizqu roʻz) istashlaringiz uchun va shukr qilishlaringiz uchun (shamollarni yuborur).(Аллоҳнинг қудрати илоҳийясига далолат қиладиган) оятларидан (бири) (ёмғир ҳақида) хушхабар элтгувчи бўлган шамолларни юборишидир. (Аллоҳ) сизларга Ўз раҳмати-ёмғиридан тотдириш учун ва (денгиздаги) кемалар Унинг амри билан жорий бўлиши ҳамда сизлар (у кемаларда) Унинг фазлу-марҳаматидан (ризқу рўз) исташларингиз учун ва шукр қилишларингиз учун (шамолларни юборур).

409-sahifa · 21-juz · 41-hizb409-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنْva -danва -данءَايَـٰتِهِۦٓUning oyat-belgilariУнинг оят-белгилариأَن-ki-киيُرْسِلَyuborishiюборишиٱلرِّيَاحَshamollarniшамолларниمُبَشِّرَٰتٍۢxushxabarchi qilibхушхабарчи қилибوَلِيُذِيقَكُمva sizga tottirish uchunва сизга тоттириш учунمِّن-dan-данرَّحْمَتِهِۦOʻz rahmatiЎз раҳматиوَلِتَجْرِىَva yurishi uchunва юриши учунٱلْفُلْكُkemalarкемаларبِأَمْرِهِۦUning amri ilaУнинг амри илаوَلِتَبْتَغُوا۟va talab qilishingiz uchunва талаб қилишингиз учунمِن-dan-данفَضْلِهِۦUning fazliУнинг фазлиوَلَعَلَّكُمْva shoyadki sizва шоядки сизتَشْكُرُونَshukr qilsangizшукр қилсангиз
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada yaxshilik ila esadigan shamollarning Alloh taololoning oyat-belgilaridan ekanligi taʼkidlanmoqda va u shamollar baʼzi bir narsalardan oldin xushxabarchi boʻlib kelishi haqida soʻz yuritilmoqda:

«Va Uning oyat-belgilaridan sizga Oʻz rahmatidan tottirish uchun...»

Ushbu jumladagi Alloh taoloning «Oʻz rahmatidan» murod yomgʻirdir. Suv kam joylarda yomgʻir yogʻishi oʻsha joylardagi barcha narsalar uchun Alloh taoloning beqiyos rahmatidir. Yomgʻir yogʻishini intiqib kutayotgan kishilar gʻir etgan shamoldan xursand boʻlishadi. Chunki, tajribada yomgʻirdan oldin uning shamoli kelishi aniqlangan. Odatda, yomgʻirdan oldin esadigan shamol yomgʻirga intizor boʻlib turganlar uchun xushxabarchi boʻladi. Darhaqiqat, oʻsha shamol bandalar Allohning rahmatidan totishlari uchun zarur boʻlgan yomgʻirli bulutlarni olib kelayotgan boʻladi. Yomgʻir yogʻadi, hamma foydalanadi. Rizqi roʻz serob boʻladi. Bandalar Allohning rahmatidan bahramand boʻladilar.

«Oʻz amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir.»

Shuningdek, avvallari tijorat va kasb-kor uchun safarni ixtiyor etgan kishilar dengiz safariga hozirlanib, yelkanli kemalarini tayyorlab, shamolni kutishgan. Ular uchun ham shamol xushxabarchi boʻlgan. Allohning amri ila yurgan kemada safar qilib, hojatlarini chiqarishgan, Allohning fazlidan rizqi roʻz talab qilishgan.

«Shoyadki, shukr qilsangiz.»

Shu ishlarni joriy etgan Allohning qudratiga tan berib, unga iymon keltirish va ibodat qilish kerak emasmi? Unga shukr aytish kerak emasmi? Nima uchun odamlar buni tushunmaydilar? Bu holat bugun boʻlayotgani yoʻq, avvallari ham boʻlgan edi.

Ey Paygʻambarim!