QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят47

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَآءُوهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَٱنتَقَمْنَا مِنَ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُوا۟ ۖ وَكَانَ حَقًّا عَلَيْنَا نَصْرُ ٱلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular (qavmlariga) ochiq-oydin hujjatlar keltirganlar. So`ng Biz jinoyat qilganlardan intiqom olganmiz. Mo`minlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq bo`lgan.Батаҳқиқ, Биз сендан олдин ҳам Пайғамбарларни қавмларига юбордик. Бас, улар (қавмларига) очиқ-ойдин ҳужжатлар келтирганлар. Сўнг Биз жиноят қилганлардан интиқом олганмиз. Мўминларга нусрат бериш Бизнинг зиммамиздаги ҳақ бўлган.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz sizdan ilgari ham paygʻambarlarni oʻz qavmlariga yuborganmiz. Bas, ular (qavmlariga) aniq-ravshan hujjatlar keltirganlar. Soʻng Biz jinoyat qilgan kimsalardan intiqom olganmiz va iymon keltirgan zotlarni gʻolib qilish Bizning zimmamizdagi haq boʻlgan.Аниқки, Биз сиздан илгари ҳам пайғамбарларни ўз қавмларига юборганмиз. Бас, улар (қавмларига) аниқ-равшан ҳужжатлар келтирганлар. Сўнг Биз жиноят қилган кимсалардан интиқом олганмиз ва иймон келтирган зотларни ғолиб қилиш Бизнинг зиммамиздаги ҳақ бўлган.

409-sahifa · 21-juz · 41-hizb409-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқأَرْسَلْنَاBiz yubordikБиз юбордикمِن-dan-данقَبْلِكَsendan oldinсендан олдинرُسُلًاPaygʻambarlarniПайғамбарларниإِلَىٰ-ga-гаقَوْمِهِمْqavmlarigaқавмларигаفَجَآءُوهُمbas, ularga keltirdilarбас, уларга келтирдиларبِٱلْبَيِّنَـٰتِochiq-oydin hujjatlarniочиқ-ойдин ҳужжатларниفَٱنتَقَمْنَاsoʻng Biz intiqom oldikсўнг Биз интиқом олдикمِنَ-dan-данٱلَّذِينَkimsalarкимсаларأَجْرَمُوا۟ ۖjinoyat qilganжиноят қилганوَكَانَva boʻldiва бўлдиحَقًّاhaqҳақعَلَيْنَاBizning zimmamizdaБизнинг зиммамиздаنَصْرُnusrat berishнусрат беришٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларга
TafsirТафсир

Bu oyati karimada Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va u zotga ergashgan moʻmin-musulmonlarga ulkan tasalli bor. Ularga quyidagi maʼnolar uqtirilmoqda:

Sizlar iymon tufayli, dinu diyonat tufayli mushrik va kofirlardan koʻrayotgan ozor, azob-uqubat va qarshiliklardan xafa boʻlmanglar. Kofir va mushriklarning qilmishlaridan ajablanmanglar. Siz koʻrayotgan bu ishlar maʼlum hikmatlarga bogʻliq boʻlib, Alloh tomonidan qadimdan joriy qilingan odatdir.

«Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlarni qavmlariga yubordik.»

Oʻtgan zamonlarda ham, hozir Muhammad alayhissalomni yuborilganidek, qanchadan-qancha Paygʻambarlar yuborilgan.

Bas, ular (qavmlariga) ochiq-oydin hujjatlar keltirganlar.»

Ana oʻsha oʻtgan Paygʻambarlar ham qavmlariga ochiq-oydin bayonotlar va hujjatlarni yetkazganlar. Qavmlaridan baʼzilari iymon keltirganlar, koʻplari kufrga ketib jinoyat qilganlar.

«Soʻng Biz jinoyat qilganlardan intiqom olganmiz.»

Ularni halok etganmiz. Azob-uqubatga duchor qilganmiz. Shuningdek, hozirda kufr keltirib, jinoyat qilib turganlardan ham vaqti-soati kelib intiqom olamiz. Siz sabr qiling.

«Moʻminlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq boʻlgan.»

Shunga binoan, doimo moʻminlarga nusrat berib kelganmiz. Shuningdek, vaqti-soati bilan sizga ham nusrat beramiz. Faqat, siz sabr qiling va moʻminlik nomiga loyiq boʻling. Qachon nusrat berishni Bizning Oʻzimiz bilamiz.