QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rum surasi · Oyatсураси · Оят48

ٱللَّهُ ٱلَّذِى يُرْسِلُ ٱلرِّيَـٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَيَبْسُطُهُۥ فِى ٱلسَّمَآءِ كَيْفَ يَشَآءُ وَيَجْعَلُهُۥ كِسَفًا فَتَرَى ٱلْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَـٰلِهِۦ ۖ فَإِذَآ أَصَابَ بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦٓ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qo`zg`atar va u(bulut)ni osmonda O`zi xohlaganicha yoyar va bo`lak-bo`lak qilar, bas, uning orasidan yomg`ir chiqayotganini ko`rasan. Qachon u(yomg`ir)ni O`z bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod bo`lurlar.Аллоҳ шундай зотки, шамолларни юбориб, улар ила булутни қўзғатар ва у(булут)ни осмонда Ўзи хоҳлаганича ёяр ва бўлак-бўлак қилар, бас, унинг орасидан ёмғир чиқаётганини кўрасан. Қачон у(ёмғир)ни Ўз бандаларидан хоҳлаган кимсаларга етказса, улар дарҳол шод бўлурлар.Alauddin Mansour: Alloh shunday Zotdirki, shamollarni yuborur, bas, ular bulutni haydar, soʻng (Alloh bulutni) Oʻzi xohlagandek yoyur va (agar xohlasa) uni boʻlak-boʻlak qilur, bas, siz ularning orasidan yomgʻir chiqayotganini koʻrursiz. Qachon (Alloh) uni Oʻzi xohlagan bandalariga yetkazsa banogoh ular shod-xurram boʻlurlar.Аллоҳ шундай Зотдирки, шамолларни юборур, бас, улар булутни ҳайдар, сўнг (Аллоҳ булутни) Ўзи хоҳлагандек ёюр ва (агар хоҳласа) уни бўлак-бўлак қилур, бас, сиз уларнинг орасидан ёмғир чиқаётганини кўрурсиз. Қачон (Аллоҳ) уни Ўзи хоҳлаган бандаларига етказса баногоҳ улар шод-хуррам бўлурлар.

409-sahifa · 21-juz · 41-hizb409-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِىshunday zotkiшундай зоткиيُرْسِلُyuborarюборарٱلرِّيَـٰحَshamollarniшамолларниفَتُثِيرُbas, ular qoʻzgʻatarбас, улар қўзғатарسَحَابًۭاbulutniбулутниفَيَبْسُطُهُۥbas, uni yoyarбас, уни ёярفِى-da-даٱلسَّمَآءِosmondaосмондаكَيْفَqandayқандайيَشَآءُOʻzi xohlasaЎзи хоҳласаوَيَجْعَلُهُۥva uni qilarва уни қиларكِسَفًۭاboʻlak-boʻlakбўлак-бўлакفَتَرَىbas, koʻrasanбас, кўрасанٱلْوَدْقَyomgʻirniёмғирниيَخْرُجُchiqayotganiniчиқаётганиниمِنْ-dan-данخِلَـٰلِهِۦ ۖuning orasidanунинг орасиданفَإِذَآqachonқачонأَصَابَyetkazsaетказсаبِهِۦu(yomgʻir)niу(ёмғир)ниمَنkimsalargaкимсаларгаيَشَآءُxohlaganхоҳлаганمِنْ-dan-данعِبَادِهِۦٓOʻz bandalaridanЎз бандалариданإِذَاdarholдарҳолهُمْularуларيَسْتَبْشِرُونَshod boʻlurlarшод бўлурлар
TafsirТафсир

Ushbu ikki oyat Alloh taolo yomgʻirni qanday yogʻdirishi va undan odamlar qanday xursand boʻlishlarini vasf qilmoqda. Bu, avvalo, Alloh taoloning cheksiz qudratiga vasf boʻlsa, ayni paytda Qurʼonning haqiqiy ilohiy kitob ekaniga ham bir dalildir. Chunki, bu oyatlarda sifatlangan jarayonlarni Alloh taolodan boshqa hech kim qila olmagan, qila olmayapti va qila olmaydi ham. Bu hol Alloh taoloning biru borligiga, cheksiz qudrat va barkamol sifatlar sohibi ekaniga yorqin dalildir.

Ikkinchidan, bundan oʻn besh asr avval oʻqish-yozishni bilmagan, tabiiy ilmlarni oʻrganmagan odam yomgʻirga bogʻliq hodisalarning bunchalik ilmiy va aniq vasfini faqat Allohning marhamati ila qila olishi mumkin, xolos. Bu oyatdagi taʼrifga hozirgi zamondagi mazkur sohaning bilimdonlari ham tan berib lol qolmoqdalar. Qurʼoni Karim ilohiy moʻʼjiza boʻlmasa, bu taʼrif qayerdan kelar edi?

«Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qoʻzgʻatar...»

Alloh shamollarni yubormasa, kim yuborar edi? Alloh Oʻzi yuborgan shamollar ila bulutlarni qoʻzgʻatmasa, kim qoʻzgʻatar edi? Kim bulut paydo qilar edi?

«...va u(bulut)ni osmonda Oʻzi xohlaganicha yoyar va boʻlak-boʻlak qilar...»

Baʼzi bulutlarni qalin, ayrimlarini yupqa qilib yoygan kim? Yoki parcha-parcha qilib boʻlgan kim? Albatta, Alloh taolo.

«...bas, uning orasidan yomgʻir chiqayotganini koʻrasan.»

Bulutning orasidan yomgʻirni chiqargan ham Alloh taoloning Oʻzi.

«Qachon u(yomgʻir)ni Oʻz bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod boʻlurlar.»

Bu shodlikni toʻla his etish uchun hayoti yomgʻir suviga intiq mintaqaning aholisi boʻlish kerak. Butun turmushi va rizqi roʻzi osmondan yomgʻir yogʻishiga bogʻliq boʻlgan odamlar ustlaridan yoqqan yomgʻirdan qanchalik shod boʻlishlarini boshqalar tasavvur etishi qiyin.

«Holbuki, ustlariga (yomgʻir) tushirilishidan oldin, ha, undan oldin, mutlaqo umidsiz edilar.»

Yerlar qaqrab, oʻlib yotgan edi. Oʻsimliklar qurib jizgʻanak boʻlib qolgan edi. Hayvonlari suvsizlikdan ozib-toʻzib, oʻlib borayotgan edi. Toʻplagan ozuqalari tugayozgan edi. Natijada ular butunlay umidsiz holga tushib qolgan edilar. Ana shunda ilkis shamol esib, bulut paydo boʻldi va yomgʻir yogʻa boshladi. Hamma narsaga jon kirdi. Endi yerlar suvga toʻyadi. Oʻsimliklar unadi. Rizq moʻl boʻladi. Hayvonlar ham koʻpayadi, semiradi. Bu ishlar ular uchun Allohning rahmatidir. Ular shod boʻlmay, kim shod boʻlsin!