فَٱصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ۖ وَلَا يَسْتَخِفَّنَّكَ ٱلَّذِينَ لَا يُوقِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Sobit iymon keltirmaganlar seni yengiltaklikka boshlamasinlar.Бас, сабр қил. Албатта, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир. Собит иймон келтирмаганлар сени енгилтакликка бошламасинлар.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sabr-toqat qiling! Shak-shubhasiz, Allohning (sizni va ummatlaringizni kofir qavm ustiga gʻolib qilish haqidagi) vaʼdasi haqdir. (Oxiratga) ishonmaydigan kimsalar sizni hargiz betoqat qilmasinlar.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сабр-тоқат қилинг! Шак-шубҳасиз, Аллоҳнинг (сизни ва умматларингизни кофир қавм устига ғолиб қилиш ҳақидаги) ваъдаси ҳақдир. (Охиратга) ишонмайдиган кимсалар сизни ҳаргиз бетоқат қилмасинлар.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni va moʻmin-musulmonlarni dinu diyonat yoʻlidagi qiyinchiliklar uchun sabr-bardoshga daʼvat qilish maʼnolari bilan toʻlgan bu surai karimaning oxirgi oyatida yana bir bor sabrga chaqiriladi.
«Bas, sabr qil. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir.»
Sabr ila koʻp narsaga erishiladi. Alloh moʻminlarga nusrat, gʻalaba va zafar vaʼda qilgan. Uning vaʼdasi haqdir. Sabr qilsang, albatta, Alloh vaʼda qilgan nusratga, gʻalaba va zafarga erishasan. Zinhor:
«Sobit iymon keltirmaganlar seni yengiltaklikka boshlamasinlar».
Iymonsiz va iymoni zaiflar bu masalada kishini yoʻldan urishlari mumkin. Ular, qachongacha sabr qilamiz, sabrning oxiri bormi, deya bezovtalanib, igʻvolari bilan seni yengiltaklikka boshlamasinlar.