تِلْكَ ءَايَـٰتُ ٱلْكِتَـٰبِ ٱلْحَكِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir.Ушбулар ҳикматли Китоб оятларидир.Alauddin Mansour: Ushbu (oyatlar) hikmatli Kitob oyatlaridir.Ушбу (оятлар) ҳикматли Китоб оятларидир.
Sizga tilovat qilinayotgan ushbu oyatlar hikmatli Kitob boʻlmish Qurʼoni Karimning oyatlaridir.
Ushbu oyatda Allohning abadiy moʻʼjizasi boʻlmish Qurʼoni Karim «hikmatli» degan sifati bilan vasf qilinmoqda. Darhaqiqat, u boshidan oxirigacha purhikmatdir. Kim Qurʼonga murojaat qilsa, hikmat topadi. Undagi hikmatlardan bahramand boʻladi. Kim Qurʼoni Karimdan bebahra boʻlsa, hikmatdan, ulkan hikmatdan bebahra qoladi. Surani Qurʼoni Karimning hikmatli ekanini vasf qilib boshlashning ham oʻziga yarasha hikmati bor. Unda Luqmoni Hakimning zikri keladi. Umuman, suraning boshidan oxirigacha hikmatga alohida eʼtibor beriladi.
Endigi oyatlarda Qurʼoni Karim muhsinlarga hidoyat va rahmat ekanligi bayon qilinadi: