QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят3

هُدًى وَرَحْمَةً لِّلْمُحْسِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U muhsinlarga hidoyat va rahmatdir.У муҳсинларга ҳидоят ва раҳматдир.Alauddin Mansour: U chiroyli amal qilguvchi zotlar uchun rahbar-yoʻlboshchi va rahmat boʻlgan (Kitob)dir.У чиройли амал қилгувчи зотлар учун раҳбар-йўлбошчи ва раҳмат бўлган (Китоб)дир.

411-sahifa · 21-juz · 41-hizb411-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُدًۭىhidoyatҳидоятوَرَحْمَةًۭva rahmatва раҳматلِّلْمُحْسِنِينَmuhsinlargaмуҳсинларга
TafsirТафсир

Aslida, Qurʼoni Karim butun olamlar uchun hidoyat va rahmatdir. Bu narsa boshqa oyatlarda taʼkidlangan. Ammo ushbu oyatda mazkur sifatlarga ega boʻlgan muhsinlarga uning hidoyat va rahmat ekanini aytishdan murod ana oʻsha kishilargina Qurʼondan toʻla manfaat ola bilishlarini taʼkidlashdir. Muhsin kishi Allohga xolis niyat ila iltijo etib, maqsadini va amalini yaxshi qilgan kishidir.

Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ehson Allohga xuddi Uni koʻrib turgandek ibodat qilishingdir. Agar Uni sen koʻrmagudek boʻlsang, xuddi U seni koʻrib turganidek», deganlar.

Oyati karimada muhsinlarning namozni toʻkis ado etishi, zakot berishi va oxiratga aniq ishonch ila iymon keltirishi eslatilmoqda. Bu sifatlar har bir inson uchun oʻta lozimdir. Darhaqiqat, ushbu sifatlar bilan sifatlanib, muhsin boʻlish darajasiga yetgan kishilargina Qurʼoni Karimdan, uning hidoyat va rahmatidan toʻliq manfaat ola biladilar.