QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят30

ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِ ٱلْبَـٰطِلُ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, albatta, Allohning O`zi haq, albatta, Undan o`zga iltijo qilayotganlari botil va, albatta, Allohning O`zi eng yuksak va eng buyuk zot ekanidandir.Бу, албатта, Аллоҳнинг Ўзи ҳақ, албатта, Ундан ўзга илтижо қилаётганлари ботил ва, албатта, Аллоҳнинг Ўзи энг юксак ва энг буюк зот эканидандир.Alauddin Mansour: Buning boisi Allohning Oʻzigina Haq (iloh) ekani, ular (yaʼni, mushriklar Allohni) qoʻyib iltijo qilayotgan butlari esa botil narsa ekani va Allohning Oʻzigina eng yuksak va buyuk zot ekanligidir.Бунинг боиси Аллоҳнинг Ўзигина Ҳақ (илоҳ) экани, улар (яъни, мушриклар Аллоҳни) қўйиб илтижо қилаётган бутлари эса ботил нарса экани ва Аллоҳнинг Ўзигина энг юксак ва буюк зот эканлигидир.

414-sahifa · 21-juz · 42-hizb414-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَbuбуبِأَنَّalbatta, shuning uchunkiалбатта, шунинг учункиٱللَّهَAllohАллоҳهُوَOʻziЎзиٱلْحَقُّhaqdirҳақдирوَأَنَّva albattaва албаттаمَاnarsaнарсаيَدْعُونَular iltijo qilayotganулар илтижо қилаётганمِن-dan-данدُونِهِUndan oʻzgaУндан ўзгаٱلْبَـٰطِلُbotildirботилдирوَأَنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳهُوَOʻziЎзиٱلْعَلِىُّeng yuksakdirэнг юксакдирٱلْكَبِيرُeng buyukdirэнг буюкдир
TafsirТафсир

Yaʼni, doimiy ravishda kechaning kunduzga, kunduzning kechaga kirib turishi, quyosh va oyning beminnat xizmat qilishi, ulardan har birining belgilangan muddat tomon yurishi, Alloh taoloning bandalar amallaridan xabardor boʻlishi:

«Bu, albatta, Allohning Oʻzi haq...» ekanidandir.

Undan boshqa hamma narsa oʻzgaradi, almashadi, yoʻqoladi, kuchsizlanadi, faqat U zotgina almashmaydi, boqiy, qoviy, eskirmaydi, zavol ham boʻlmaydi;

«albatta, Undan oʻzga iltijo qilayotganlari botil...» ekanidandir.

Odamlar Allohdan oʻzga kimni, nimani xudo bilib iltijo qilsalar, hammasi botildir. Insonning iltijosiga, ibodatiga Alloh taolodan oʻzga sazovor zot yoʻq.

Mazkur ulugʻ ishlarning osonlik bilan amalga oshib turishi oʻsha soxta xudolarning botil boʻlib, yagona Allohning haq ekanidandir. Agar oʻsha soxta xudolardan birortasi haq boʻlganida, bu dunyo hozirgidek tartibli turmas, buzilib ketar edi. Chunki, ikkita ilohning irodasi bir-biri bilan toʻqnashib, dunyo nizomi buzilishi turgan gap edi.

Bu ishlarning ajoyib holda bardavom boʻlishi yana:

«albatta, Allohning Oʻzi eng yuksak va eng buyuk zot ekanidandir».

Yoʻqsa, bu ishlarni qila olmas edi.