QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят32

وَإِذَا غَشِيَهُم مَّوْجٌ كَٱلظُّلَلِ دَعَوُا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ فَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَّا كُلُّ خَتَّارٍ كَفُورٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachon ularni tog` kabi to`lqin o`rab qolsa, Allohning diniga ixlos ertaroq, duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, ba'zilari tejamkor bo`lur. Bizning oyatlarimizni faqat o`ta xoin va o`ta kofirlargina inkor eturlar.Қачон уларни тоғ каби тўлқин ўраб қолса, Аллоҳнинг динига ихлос эртароқ, дуо қилурлар. Нажот бериб, уларни қуруқликка чиқарса, баъзилари тежамкор бўлур. Бизнинг оятларимизни фақат ўта хоин ва ўта кофирларгина инкор этурлар.Alauddin Mansour: Qachon (kofirlarni) togʻlardek toʻlqin(lar) oʻrab olsa, ular chin ixlos bilan Allohga duo iltijo qilurlar. Endi qachonki, (Alloh) ularga najot berib, quruqlikka (chiqarsa), u holda ulardan (ayrimlarigina) Toʻgʻri Yoʻl tutguvchidir. Bizning oyatlarimizni inkor qilmas, magar barcha xoin va noshukur kimsalargina (inkor qilurlar).Қачон (кофирларни) тоғлардек тўлқин(лар) ўраб олса, улар чин ихлос билан Аллоҳга дуо илтижо қилурлар. Энди қачонки, (Аллоҳ) уларга нажот бериб, қуруқликка (чиқарса), у ҳолда улардан (айримларигина) Тўғри Йўл тутгувчидир. Бизнинг оятларимизни инкор қилмас, магар барча хоин ва ношукур кимсаларгина (инкор қилурлар).

414-sahifa · 21-juz · 42-hizb414-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonва қачонغَشِيَهُمularni oʻrab qolsaуларни ўраб қолсаمَّوْجٌۭtoʻlqinтўлқинكَٱلظُّلَلِtogʻ kabiтоғ кабиدَعَوُا۟duo qilurlarдуо қилурларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаمُخْلِصِينَixlos etaroqихлос этароқلَهُUngaУнгаٱلدِّينَdinniдинниفَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиنَجَّىٰهُمْularga najot bersaуларга нажот берсаإِلَى-ga-гаٱلْبَرِّquruqlikқуруқликفَمِنْهُمbas, ulardan baʼzilariбас, улардан баъзилариمُّقْتَصِدٌۭ ۚtejamkor boʻlurтежамкор бўлурوَمَاva emasва эмасيَجْحَدُinkor eturинкор этурبِـَٔايَـٰتِنَآBizning oyatlarimizniБизнинг оятларимизниإِلَّاfaqatфақатكُلُّhar birҳар бирخَتَّارٍۢoʻta xoinўта хоинكَفُورٍۢoʻta kofirўта кофир
TafsirТафсир

Odamlarning koʻplari sabr va shukr qilmasliklarining sababi ushbu oyatda zohir boʻlmoqda. Ularga musiybat yetganida, sabr etmay, shoshqaloqlik qilishlari, Alloh najot berganida, shukr etmay, kufr keltirishlari koʻrsatilmoqda.

«Qachon ularni togʻ kabi toʻlqin oʻrab qolsa, Allohning diniga ixlos etaroq, duo qilurlar.»

Oʻlim koʻziga koʻringan chogʻda, mingan kemasi qattiq dovulga uchrab, dengizda xasdek u yon-bu yon otilayotgan bir paytda hamma narsani unutib, yolgʻiz Allohning Oʻziga yolvorib iltijo qilishga tushadi. Allohdan boshqa narsa yodiga kelmaydi. Allohga, Uning diniga ixlos qilib qoladi. Eson-omon qutulib olsa, doimo Allohga shukr etib, ibodat qilib yurishga vaʼdalar beradi. Ammo, Alloh

«Najot berib ularni quruqlikka chiqarsa, baʼzilari tejamkor boʻlur».

Shukr qilishda tejamkorlikka oʻtib qolur. Shukrni qoʻlidan kelganicha oʻrniga qoʻymas. Biz «tejamkor» deb tarjima qilgan soʻz oyatda «muqtasid» deb kelgan. Bu soʻz ikki xil maʼno beradi: biri «toʻgʻri», ikkinchisi «oʻrtacha». Demak, baʼzi kishilar xoh toʻgʻri boʻlsin, xoh oʻrtacha boʻlsin, shukr qiladi. Ammo koʻplari shukr etishmaydi. Balki xiyonat va oʻta nonkoʻrlik qilishadi. Shuning uchun ham, oyatning soʻnggida:

«Bizning oyatlarimizni faqat oʻta xoin va oʻta kofirlargina inkor eturlar», deyilmoqda.

Ular toʻlqinga uchragan paytlarida, bundan buyon Allohga iymoneʼtiqodda boʻlib, ibodat qilib yuraman, deb vaʼdalar bergan edilar, oʻsha vaʼdalariga xiyonat qiladilar. Allohning neʼmati ila oʻlimdan topgan najotlariga noshukrlik qiladilar. Kemaga mingan va dovulda qolgan paytda koʻrgan oyat-belgilarini inkor etadilar.

Suraning oxirida barchaga barobar xitob qilinadi.