QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят33

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمْ وَٱخْشَوْا۟ يَوْمًا لَّا يَجْزِى وَالِدٌ عَن وَلَدِهِۦ وَلَا مَوْلُودٌ هُوَ جَازٍ عَن وَالِدِهِۦ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar! Robbingizga taqvo qiling va ota bolasiga foyda bera olmaydigan, bola otasiga biror narsada foyda berguvchi bo`lmaydigan Kundan qo`rqing. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, hayoti dunyo sizni g`ururga ketkazmasin. O`ta g`ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g`ururga ketkazmasin.Эй одамлар! Роббингизга тақво қилинг ва ота боласига фойда бера олмайдиган, бола отасига бирор нарсада фойда бергувчи бўлмайдиган Кундан қўрқинг. Албатта, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир. Бас, ҳаёти дунё сизни ғурурга кетказмасин. Ўта ғурурга кетказгувчи сизни Аллоҳ ила ғурурга кетказмасин.Alauddin Mansour: Ey insonlar, Parvardigoringizdan qoʻrqingiz va yana bir Kundan (yaʼni, Qiyomatdan) qoʻrqingizkim, (u kunda) biron ota oʻz bolasi tomonidan (biron narsa) oʻtay olmas va bola ham otasi tomonidan biron narsa oʻtay olguvchi boʻlmas. Albatta Allohning (qayta tiriltirib, hisob-kitob qilish haqidagi) vaʼdasi haqdir. Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo (oʻzining oʻtkinchi neʼmatlari bilan) aldab qoʻymasin va hargiz sizlarni gʻurur (yaʼni, shayton) Alloh (har qanday gunohni kechaveradi degan aldov) bilan aldab qoʻymasin!Эй инсонлар, Парвардигорингиздан қўрқингиз ва яна бир Кундан (яъни, Қиёматдан) қўрқингизким, (у кунда) бирон ота ўз боласи томонидан (бирон нарса) ўтай олмас ва бола ҳам отаси томонидан бирон нарса ўтай олгувчи бўлмас. Албатта Аллоҳнинг (қайта тирилтириб, ҳисоб-китоб қилиш ҳақидаги) ваъдаси ҳақдир. Бас, ҳаргиз сизларни ҳаёти дунё (ўзининг ўткинчи неъматлари билан) алдаб қўймасин ва ҳаргиз сизларни ғурур (яъни, шайтон) Аллоҳ (ҳар қандай гуноҳни кечаверади деган алдов) билан алдаб қўймасин!

414-sahifa · 21-juz · 42-hizb414-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّاسُodamlarодамларٱتَّقُوا۟taqvo qilingтақво қилингرَبَّكُمْRobbingizgaРоббингизгаوَٱخْشَوْا۟va qoʻrqingва қўрқингيَوْمًۭاkundanкунданلَّاemasэмасيَجْزِىfoyda bera olurфойда бера олурوَالِدٌotaотаعَن-ga-гаوَلَدِهِۦbolasiболасиوَلَاva emasва эмасمَوْلُودٌbolaболаهُوَuуجَازٍfoyda berguvchiфойда бергувчиعَن-ga-гаوَالِدِهِۦotasiотасиشَيْـًٔا ۚbiror narsadaбирор нарсадаإِنَّalbattaалбаттаوَعْدَvaʼdasiваъдасиٱللَّهِAllohningАллоҳнингحَقٌّۭ ۖhaqdirҳақдирفَلَاbas, ...masinбас, ...масинتَغُرَّنَّكُمُsizni gʻururga ketkazmasinсизни ғурурга кетказмасинٱلْحَيَوٰةُhayotiҳаётиٱلدُّنْيَاdunyoдунёوَلَاva ...masinва ...масинيَغُرَّنَّكُمsizni gʻururga ketkazmasinсизни ғурурга кетказмасинبِٱللَّهِAlloh ilaАллоҳ илаٱلْغَرُورُoʻta gʻururga ketkazguvchiўта ғурурга кетказгувчи
TafsirТафсир

Suraning avvalidan zikr etib kelinayotgan kufr, shirk va zalolat yoʻllariga tushib qolmaslik uchun Alloh taologa taqvo qilish va qiyomat kunidan qoʻrqib yurish kerak.

«Ey odamlar! Robbingizga taqvo qiling...»

Bu dunyo va u dunyo uchun eng zarur zodu rohila taqvodir. Taqvo boʻlmasa, hech bir yaxshi natijani umid qilib boʻlmaydi. Robbul olamiynga taqvo qilish har bir odamning insoniylik burchidir. Allohga taqvo qilmagan odam hech bir yomonlikdan qaytmaydi. Aksincha, Allohga taqvo qilgan odam hech bir yomonlikka qoʻl urmaydi.

«...va ota bolasiga foyda bera olmaydigan, bola otasiga biror narsada foyda beruvchi boʻlmaydigan kundan qoʻrqing.»

Bu kun qiyomat kunidir. U kunda insonlar orasidagi bogʻlanishlar, aloqalar kesiladi. Har kim oʻzi uchun javob beradi. Birovning birovga foydasi tegmaydi. Hatto, ota bolaga, bola otaga foyda bera olmay qoladi. U kunda birdan-bir foyda beradigan narsa iymon va yaxshi amal boʻladi. Ana oʻshanday kundan qoʻrqish barcha odamlarning odamiylik burchidir. Qiyomat kunidan qoʻrqqan odamgina barcha yomonliklardan qaytadi. Aksincha, qiyomat kunidan qoʻrqmaydigan odam hech qanday yomonlikdan qaytmaydi.

«Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir.»

U vaʼdasiga xilof ham qilmaydi, kechga ham surmaydi. Demak, qiyomat qoim boʻlishi haq. Insonlarning qayta tirilishi haq. Mahsharga toʻplanishi haq. Zarracha yaxshiyu yomon amallar ham adolat tarozusi ila tortilishi haq. Daqiq hisob-kitob boʻlishi haq. Jannat haq. Doʻzax haq. Kofir va osiylar doʻzaxga kiritilishi haq. Moʻmin va muhsinlar jannatga doxil boʻlishi haq.

«Bas, hayoti dunyo sizni gʻururga ketkazmasin.»

Bu dunyo matohiga aldanib qolmang. Bu dunyo hayoti oxirat ekinzori, xolos. Shuni unutmang.

«Oʻta gʻururga ketkazguvchi sizni Alloh ila gʻururga ketkazmasin.»

Ulamolarimiz «oʻta gʻururga ketkazguvchi»ni shayton deb taʼviyl qilganlar. Darhaqiqat, shayton turli narsalar bilan gʻururga ketkazadi. U hatto Alloh bilan ham, yaʼni, Allohning marhamati keng, bu dunyoda oʻynab qol, deb ham gʻururga ketkazadi. Bularning hammasidan saqlanish uchun taqvo va qiyomat kunidan qoʻrquv boʻlishi kerak.