QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят34

إِنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ وَيُنَزِّلُ ٱلْغَيْثَ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلْأَرْحَامِ ۖ وَمَا تَدْرِى نَفْسٌ مَّاذَا تَكْسِبُ غَدًا ۖ وَمَا تَدْرِى نَفْسٌۢ بِأَىِّ أَرْضٍ تَمُوتُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌۢ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, qiyomat soati ilmi yolg`iz Allohning huzuridadir. Yomg`irni U yog`dirur. Bachadonlardagi narsani ham U bilur. Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas. Hech bir jon qaysi yerda o`lishini ham bilmas. Albatta, Alloh o`ta bilguvchi va o`ta xabardordir.Албатта, қиёмат соати илми ёлғиз Аллоҳнинг ҳузуридадир. Ёмғирни У ёғдирур. Бачадонлардаги нарсани ҳам У билур. Ҳеч бир жон эртага нима касб қилишини билмас. Ҳеч бир жон қайси ерда ўлишини ҳам билмас. Албатта, Аллоҳ ўта билгувчи ва ўта хабардордир.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, yolgʻiz Allohning huzuridagina (Qiyomat) soati (qachon boʻlishi toʻgʻrisidagi) bilim bordir. U (Oʻzi xohlagan vaqtda, Oʻzi xohlagan joyga) yomgʻir yogʻdirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (oʻgʻilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda oʻlishini ham bila olmas. Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdir.Дарҳақиқат, ёлғиз Аллоҳнинг ҳузуридагина (Қиёмат) соати (қачон бўлиши тўғрисидаги) билим бордир. У (Ўзи хоҳлаган вақтда, Ўзи хоҳлаган жойга) ёмғир ёғдирур ва (оналарнинг) бачадонларидаги ҳомилаларини (ўғилми-қизми, расоми-нуқсонлими, бахтлими-бахтсизми эканини) билур. Бирон жон эртага нима иш қилишини била олмас. Бирон жон қай ерда ўлишини ҳам била олмас. Фақат Аллоҳгина билгувчи ва огоҳдир.

414-sahifa · 21-juz · 42-hizb414-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعِندَهُۥUning huzuridadirУнинг ҳузуридадирعِلْمُilmiилмиٱلسَّاعَةِsoat (qiyomat)соат (қиёмат)وَيُنَزِّلُva U yogʻdirurва У ёғдирурٱلْغَيْثَyomgʻirniёмғирниوَيَعْلَمُva U bilurва У билурمَاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиٱلْأَرْحَامِ ۖbachadonlarбачадонларوَمَاva emasва эмасتَدْرِىbilurбилурنَفْسٌۭhech bir jonҳеч бир жонمَّاذَاnimaнимаتَكْسِبُkasb qilishiniкасб қилишиниغَدًۭا ۖertagaэртагаوَمَاva emasва эмасتَدْرِىbilurбилурنَفْسٌۢhech bir jonҳеч бир жонبِأَىِّqaysiқайсиأَرْضٍۢyerdaердаتَمُوتُ ۚoʻlishiniўлишиниإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلِيمٌoʻta bilguvchidirўта билгувчидирخَبِيرٌۢoʻta xabardordirўта хабардордир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taoloning ilmi shomilu komil hamda mutlaq ekani, U zotning ilmi qarshisida boshqa ilmlar hech narsaga arzimasligi bayon qilinmoqda.

«Albatta, qiyomat soati ilmi yolgʻiz Allohning huzuridadir.»

U zotdan boshqa hech kim qiyomat qachon qoim boʻlishini bilmaydi. Bilishi mumkin ham emas. Alloh taolo ulkan hikmat yuzasidan bu ilmni faqat Oʻziga xos qilib qoʻygan. Qiyomat qachon qoim boʻlishini bilmagan odamlar doimo hushyor turadilar. Har lahzada qiyomat qoim boʻlib qolishidan qoʻrqib, doimo yaxshi ishlarni koʻpaytirishga urinadilar, unga tayyorgarlik koʻradilar.

«Yomgʻirni U yogʻdirur.»

Yomgʻirga sabab boʻladigan moddalarni yoʻqdan bor qilgan ham U zotning Oʻzidir. Ularni bir-biriga qoʻshgan ham U zotning Oʻzidir. Bulutni paydo qilib, maʼlum joylarga yogʻdiradigan ham U zotning Oʻzidir. Alloh borliqning har bir nuqtasidagi yomgʻirni paydo qilgan, yogʻdirgan, natijasini-da bilib turadigan zotdir. Borliqning bir nuqtasida Alloh yaratgan sharoitni koʻrib, yomgʻir yogʻishini taxmin etgan insonning Allohning sifatiga sheriklikni daʼvo qilishi kulgilidir. Bunday daʼvo ilmdan emas, jaholatdandir.

«Bachadonlardagi narsani ham U bilur.»

Dunyoda qancha bachadon boʻlsa, ularning ichida nimaiki bor boʻlsa, mohiyatini, taqdirini va yana ularga bogʻliq ishlarning hamma- hammasini Alloh biladi. Bir ayolning tugʻishi yaqin qolganida, asbob yordamida, oʻgʻilmi-qiz ekanini taxminan bilib olib, Allohning ilmiga sheriklikni daʼvo qilgan johil insonga hayronsan!

«Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmas.»

Dunyoda hech bir odam ertaga, balki besh daqiqa va undan oz vaqtdan soʻng ham nima qilishini bilmaydi. U faqat niyat qiladi, reja tuzadi, xolos. Lekin haqiqatda nima boʻlishini faqat Alloh taoloning Oʻzi biladi.

Alloh taolo butun jonlarning barcha zamonlarda, makonlarda nima qilishini yaxshi biladi. Aniq biladi. Kamchiliksiz biladi. Baʼzi bir taxmini Allohning irodasi ila toʻgʻri chiqib qolgan johil insonning Allohning ilmiga sheriklik daʼvosida boʻlishi kulgilidir.

«Hech bir jon qaysi yerda oʻlishini ham bilmas.»

Dunyoda birorta inson qayerda, qachon, qanday oʻlishini bilmaydi. Buning hammasini faqat Alloh taoloning Oʻzi biladi.

«Albatta, Alloh oʻta bilguvchi va oʻta xabardordir.»

Shuning uchun, hamma narsani biladi va hamma narsadan xabardor boʻladi.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan ushbu oyati karimaning maʼnosini taʼkidlovchi koʻplab hadisi shariflar vorid boʻlgan.

Xuddi shunga oʻxshash oyat «Anʼom» surasida ham oʻtdi.