QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Luqman surasi · Oyatсураси · Оят6

وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَشْتَرِى لَهْوَ ٱلْحَدِيثِ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَيَتَّخِذَهَا هُزُوًا ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlar orasida(o`zlari) ilmsiz ravishda Allohning yo`lidan adashtirish uchun va u(yo`l)ni istehzo qilish uchun behuda so`zni sotib oladigan kimsalar ham bor. Ana o`shalarga, o`zlariga xorlovchi azob bor.Одамлар орасида(ўзлари) илмсиз равишда Аллоҳнинг йўлидан адаштириш учун ва у(йўл)ни истеҳзо қилиш учун беҳуда сўзни сотиб оладиган кимсалар ҳам бор. Ана ўшаларга, ўзларига хорловчи азоб бор.Alauddin Mansour: Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan (oʻzgalarni) Allohning yoʻlidan ozdirish uchun va u (yoʻlni) masxara qilish uchun behuda soʻz(lar)ni sotib olur. Ana oʻshalar uchun xor qilguvchi azob bordir.Одамлар орасида шундай кимсалар ҳам борки, улар билимсизлик билан (ўзгаларни) Аллоҳнинг йўлидан оздириш учун ва у (йўлни) масхара қилиш учун беҳуда сўз(лар)ни сотиб олур. Ана ўшалар учун хор қилгувчи азоб бордир.

411-sahifa · 21-juz · 41-hizb411-саҳифа · 21-жуз · 41-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنَva -danва -данٱلنَّاسِodamlarодамларمَنkimsa borкимса борيَشْتَرِىsotib oladiganсотиб оладиганلَهْوَbehudaбеҳудаٱلْحَدِيثِsoʻzniсўзниلِيُضِلَّadashtirish uchunадаштириш учунعَن-dan-данسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингبِغَيْرِ-siz-сизعِلْمٍۢilmилмوَيَتَّخِذَهَاva uni olish uchunва уни олиш учунهُزُوًا ۚistehzoистеҳзоأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларلَهُمْulargaуларгаعَذَابٌۭazob bordirазоб бордирمُّهِينٌۭxorlovchiхорловчи
TafsirТафсир

Avvalgi oyatlarda zikr qilingan muhsin bandalarga qarshi oʻlaroq, nobakor odamlar ham bor.

Ular hikmat toʻla Qurʼoni Karimni, Allohning purhikmat soʻzlarini qabul qilmasdan, ularga badalsiz taqdim etilayotgan ikki dunyo saodatiga eltuvchi ilohiy dasturga boʻyinsunmasdan, qandaydir behuda soʻzlarni koʻtarib yuradilar.

Ha, oʻsha behuda soʻzlar egasi boʻlish uchun molu mulkni, hayotni, zehn-zakovatni, butun imkoniyatlarni sarflaydilar. Ular behuda soʻzlarni bunchalik qimmat bahoga sotib olishlari nima uchun?

Kishilarni

«...ilmsiz ravishda Allohning yoʻlidan adashtirish uchun».

Yana, oʻzlari ilmsiz boʻlganlari holda

«...u(yoʻl)ni istehzo qilish uchun...»

Ha, shuning uchun ular behuda soʻzlarni ham «sotib oladilar».

Allohning yoʻlini masxara qilish uchun iflos soʻzlarni «sotib oladilar». Bu yoʻlni kamsitish uchun har qanday tuturuqsiz gaplardan ham foydalanmoqchi boʻladilar.

«Ana oʻshalarga, oʻzlariga xorlovchi azob bor.»

Keyingi oyatda oʻsha nobakorlarning boshqa sifatlari ham zikr qilinadi: