Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
الٓمٓ ﴿١﴾
Alif. Laam. Miym.
تَنزِيلُ ٱلْكِتَـٰبِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِن رَّبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿٢﴾
Bu kitobning nozil qilinishi, unda hech shak-shubha yo'q, olamlarning Robbi tomonidandir.
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۚ بَلْ هُوَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوْمًا مَّآ أَتَىٰهُم مِّن نَّذِيرٍ مِّن قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ ﴿٣﴾
Yoki, uning o'zi to'qib olgan, derlarmi?! Yo'q! U sendan oldin o'zlariga hech ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingdan (kelgan) haqdir. Shoyadki, ular hidoyat topsalar.
ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ مَا لَكُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِىٍّ وَلَا شَفِيعٍ ۚ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ ﴿٤﴾
Alloh osmonlaru Yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratib, so'ngra (Zoti va ulug'ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Siz uchun undan o'zga do'st ham, shafoatchi ham yo'qdir. Axir, eslamaysizlarmi?!
يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ إِلَى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ يَعْرُجُ إِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُۥٓ أَلْفَ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ ﴿٥﴾
U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. So'ngra o'sha (ish) miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng bo'lgan kunda Unga chiqar.
ذَٰلِكَ عَـٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ ﴿٦﴾
Ana shu Zot g'oyibniyu hozirni bilguvchi, Aziyzu Rohiymdir.
ٱلَّذِىٓ أَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُۥ ۖ وَبَدَأَ خَلْقَ ٱلْإِنسَـٰنِ مِن طِينٍ ﴿٧﴾
U O'zi yaratgan har bir narsani go'zal etgan va insonni yaratishni loydan boshlagan Zotdir.
ثُمَّ جَعَلَ نَسْلَهُۥ مِن سُلَـٰلَةٍ مِّن مَّآءٍ مَّهِينٍ ﴿٨﴾
So'ngra, uning naslini haqir bir suvdan ajrab chiqadigan qildi.
ثُمَّ سَوَّىٰهُ وَنَفَخَ فِيهِ مِن رُّوحِهِۦ ۖ وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَـٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۚ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ ﴿٩﴾
So'ngra uni rostladi va uning ichiga O'z ruhidan pufladi. U sizlarga quloq, ko'zlar va dillar paydo qildi. Kamdan-kam shukr qilursizlar.
وَقَالُوٓا۟ أَءِذَا ضَلَلْنَا فِى ٱلْأَرْضِ أَءِنَّا لَفِى خَلْقٍ جَدِيدٍۭ ۚ بَلْ هُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمْ كَـٰفِرُونَ ﴿١٠﴾
Ular: «Biz yer ostida yo'q bo'lib ketgach ham, yana yangitdan yaratilamizmi?!» derlar. Yo'q! Ular Robbilariga ro'baro' bo'lishni inkor qilguvchilardir.
۞ قُلْ يَتَوَفَّىٰكُم مَّلَكُ ٱلْمَوْتِ ٱلَّذِى وُكِّلَ بِكُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ ﴿١١﴾
Sen: «Sizlarga vakil qilingan o'lim farishtasi joningizni oladir. So'ngra Robbingizga qaytarilursiz», deb ayt.
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلْمُجْرِمُونَ نَاكِسُوا۟ رُءُوسِهِمْ عِندَ رَبِّهِمْ رَبَّنَآ أَبْصَرْنَا وَسَمِعْنَا فَٱرْجِعْنَا نَعْمَلْ صَـٰلِحًا إِنَّا مُوقِنُونَ ﴿١٢﴾
Gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib turib: «Ey Robbimiz, ko'rdik, eshitdik. Bas, bizni ortga qaytar, yaxshi amal qilamiz. Albatta, biz ishonib yetdik», deyishlarini ko'rsang edi.
وَلَوْ شِئْنَا لَـَٔاتَيْنَا كُلَّ نَفْسٍ هُدَىٰهَا وَلَـٰكِنْ حَقَّ ٱلْقَوْلُ مِنِّى لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلْجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ ﴿١٣﴾
Agar xohlaganimizda, har bir jonga o'z hidoyatini berar edik. Lekin Mendan: «Albatta, jahannamni jinlar va odamlarni jamlab to'ldirurman», degan so'z haq bo'ldi.
فَذُوقُوا۟ بِمَا نَسِيتُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَـٰذَآ إِنَّا نَسِينَـٰكُمْ ۖ وَذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْخُلْدِ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ ﴿١٤﴾
«Bas, totib ko'ringlar, ushbu kuningizda uchrashuvni unutganingiz tufayli Biz ham sizni unutdik. Qilib o'tgan amallaringiz tufayli mangu azobni toting!» deyilur.
إِنَّمَا يُؤْمِنُ بِـَٔايَـٰتِنَا ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا۟ بِهَا خَرُّوا۟ سُجَّدًا وَسَبَّحُوا۟ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ ۩ ﴿١٥﴾
Albatta, Bizning oyatlarimizga ular-la eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan, Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar.
تَتَجَافَىٰ جُنُوبُهُمْ عَنِ ٱلْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًا وَطَمَعًا وَمِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ يُنفِقُونَ ﴿١٦﴾
Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq bo'lur. Ular Robbilariga qo'rquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o'zlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar.
فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَّآ أُخْفِىَ لَهُم مِّن قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ ﴿١٧﴾
Bas, hech bir jon o'zlari uchun qilib o'tgan amallari mukofotiga berkitib qo'yilgan ko'z quvonchlarini bilmas.
أَفَمَن كَانَ مُؤْمِنًا كَمَن كَانَ فَاسِقًا ۚ لَّا يَسْتَوُۥنَ ﴿١٨﴾
Axir, mo'min bo'lgan odam fosiq bo'lgan odamdek bo'lurmi?! Teng bo'lmaslar.
أَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ فَلَهُمْ جَنَّـٰتُ ٱلْمَأْوَىٰ نُزُلًۢا بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ ﴿١٩﴾
Ammo, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga, albatta ularga qilib o'tgan amallari uchun jannatul ma'vo manzildir.
وَأَمَّا ٱلَّذِينَ فَسَقُوا۟ فَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ كُلَّمَآ أَرَادُوٓا۟ أَن يَخْرُجُوا۟ مِنْهَآ أُعِيدُوا۟ فِيهَا وَقِيلَ لَهُمْ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ ﴿٢٠﴾
Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari do'zaxdir. Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar va ularga: «O'zingiz yolg'onga chiqargan do'zaxning azobini toting», deyilur.
وَلَنُذِيقَنَّهُم مِّنَ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَدْنَىٰ دُونَ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَكْبَرِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ ﴿٢١﴾
Albatta, Biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, qaytsalar.
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِـَٔايَـٰتِ رَبِّهِۦ ثُمَّ أَعْرَضَ عَنْهَآ ۚ إِنَّا مِنَ ٱلْمُجْرِمِينَ مُنتَقِمُونَ ﴿٢٢﴾
Robbining oyatlari ila eslatilgan, so'ngra ulardan yuz o'girgan odamdan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz jinoyatchilardan intiqom olguvchilarmiz.
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَـٰبَ فَلَا تَكُن فِى مِرْيَةٍ مِّن لِّقَآئِهِۦ ۖ وَجَعَلْنَـٰهُ هُدًى لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ﴿٢٣﴾
Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, sen uning ro'baro' bo'lishidan shubhada bo'lma. Va biz uni Bani Isroilga hidoyat qilib berdik.
وَجَعَلْنَا مِنْهُمْ أَئِمَّةً يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا لَمَّا صَبَرُوا۟ ۖ وَكَانُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا يُوقِنُونَ ﴿٢٤﴾
Va sabr qilgan paytlarida ulardan Bizning amrimiz ila hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar.
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ ﴿٢٥﴾
Albatta, Robbing O'zi qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari to'g'risida ajrim qilur.
أَوَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْقُرُونِ يَمْشُونَ فِى مَسَـٰكِنِهِمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ ۖ أَفَلَا يَسْمَعُونَ ﴿٢٦﴾
O'zlaridan oldin o'tgan, maskanlarida yurib turgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganimiz ularni hidoyatga boshlamadimi?! Albatta, bunda oyat-belgilar bordir. Eshitmaydilarmi?!
أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا نَسُوقُ ٱلْمَآءَ إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلْجُرُزِ فَنُخْرِجُ بِهِۦ زَرْعًا تَأْكُلُ مِنْهُ أَنْعَـٰمُهُمْ وَأَنفُسُهُمْ ۖ أَفَلَا يُبْصِرُونَ ﴿٢٧﴾
Bizning suvni quruq yerga haydab, u bilan chorvalari va o'zlari yeydigan ziroatni chiqarishimizni bilmaydilarmi?! Axir, ko'rmaydilarmi?!
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَـٰذَا ٱلْفَتْحُ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ ﴿٢٨﴾
Ular: «Agar rostgo'y bo'lsalaringiz, bu fath qachon bo'lur?!» derlar.
قُلْ يَوْمَ ٱلْفَتْحِ لَا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِيمَـٰنُهُمْ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ ﴿٢٩﴾
Sen: «Fath kuni kufr keltirganlarga iymonlari manfaat bermas va ularga muhlat ham berilmas», deb ayt.
فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَٱنتَظِرْ إِنَّهُم مُّنتَظِرُونَ ﴿٣٠﴾
Bas, ulardan yuz o'gir va muntazir bo'l. Albatta, ular ham muntazirdirlar.