وَأَمَّا ٱلَّذِينَ فَسَقُوا۟ فَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ كُلَّمَآ أَرَادُوٓا۟ أَن يَخْرُجُوا۟ مِنْهَآ أُعِيدُوا۟ فِيهَا وَقِيلَ لَهُمْ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari do`zaxdir. Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar va ularga: «O`zingiz yolg`onga chiqargan do`zaxning azobini toting», deyilur.Аммо фосиқлик қилганлар эса, бас, уларнинг жойлари дўзахдир. Ҳар қачон ундан чиқмоқни ирода қилсалар, унга қайтарилурлар ва уларга: «Ўзингиз ёлғонга чиқарган дўзахнинг азобини тотинг», дейилур.Alauddin Mansour: Fosiq boʻlgan kimsalarning maʼvolari — borar jylari esa doʻzaxdir. Har qachon undan chiqmoqchi boʻlsalar, yana unga qaytarilurlar va ularga: «Oʻzlaringiz yolgʻon degan doʻzax azobini totingiz», deyilur.Фосиқ бўлган кимсаларнинг маъволари — борар жйлари эса дўзахдир. Ҳар қачон ундан чиқмоқчи бўлсалар, яна унга қайтарилурлар ва уларга: «Ўзларингиз ёлғон деган дўзах азобини тотингиз», дейилур.
Kimlar fosiqlik qilsa, Allohning amridan chetga chiqqan boʻlsa, ularga doʻzaxdan joy beriladi.
«Har qachon undan chiqmoqni iroda qilsalar, unga qaytarilurlar...»
Fosiqlar doʻzax azobidan qiynalib, undan qochib chiqishga harakat qiladilar. Ammo ular doʻzaxdan endi chiqay deb qolganlarida, yana unga qaytariladilar. Shunday qilib, u yerda doimiy va abadiy azoblanadilar.
«...va ularga: «Oʻzingiz yolgʻonga chiqargan doʻzaxning azobini toting», deyilur.»
Xuddi ushbu oyati karimaga oʻxshash oyat «Haj» surasida ham kelgan edi.