يَـٰنِسَآءَ ٱلنَّبِىِّ مَن يَأْتِ مِنكُنَّ بِفَـٰحِشَةٍ مُّبَيِّنَةٍ يُضَـٰعَفْ لَهَا ٱلْعَذَابُ ضِعْفَيْنِ ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, Nabiyning ayollari! Sizdan kim ochiq gunoh qilsa, unga beriladigan azob ikki marta ko`paytirilur. Bu esa, Alloh uchun oson bo`lgan ishdir.Эй, Набийнинг аёллари! Сиздан ким очиқ гуноҳ қилса, унга бериладиган азоб икки марта кўпайтирилур. Бу эса, Аллоҳ учун осон бўлган ишдир.Alauddin Mansour: Ey paygʻambar ayollari, sizlardan kim aniq gunohni qilar ekan, uning uchun azob ikki barobar qilinur. Bu Allohga oson boʻlgan ishdir.Эй пайғамбар аёллари, сизлардан ким аниқ гуноҳни қилар экан, унинг учун азоб икки баробар қилинур. Бу Аллоҳга осон бўлган ишдир.
Aslida, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tohira ayollaridan ochiq bir gunoh sodir boʻlish xavfi yoʻq. Lekin bu oyatda maʼnoning boʻrttirib keltirilishi onalarimiz boʻynilaridagi masʼuliyat qanchalik ogʻir ekanini, ularning Islom jamiyatidagi tutgan oʻrinlari naqadar yuksakligini anglatish uchundir. Shuning uchun ham, ular, mabodo, biror gunoh sodir etsalar, oddiy ayollarga beriladigan azobga nisbatan ikki barobar azob berilishi taʼkidlanmoqda. Chunki, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning oʻzlari musulmonlar uchun goʻzal oʻrnak boʻlganlari kabi, u zotning oilalari, jumladan, ayollari ham goʻzal namunadirlar. Hamma koʻz tikib turadigan namunali zotlar doimo oʻzlariga hushyor boʻlishlari, hech qachon shariatga xilof ish qilmasliklari kerak.